Nyu-York ştati boş prokurori Erik Şneyderman Donald Tramp AQŞ prezidentligi saylovlarida ğolib bölganiga qaramasdan, unga nisbatan ikkita işni tergov qilişni davom ettiradi, deb yozmoqda Politico.
Ta'kidlanişiça, bir iş tergovi Tramp xayriya jamğarmasiga taalluqli bölib, tergov sentabrda jamğarma bir neçta şubhali bitimlarga aloqasi bölgani ma'lum bölgandan keyin boşlangan.
Ikkinçi iş Tramp universiteti bilan boğliq bölib, ta'lim muassasasiga öqişga kiruvçilar aldov haqida xabar qilişgan. Ularning aytişiça, ular milliarderning ta'lim muassasasida ta'lim oliş uçun katta haq tölaşgan, biroq şu pullarga yaraşa bilim olişmagan.












