Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz al-Saud Donald Trampni AQŞ prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi va uning hokimiyat tepasiga kelişi bilan Yaqin Şarqda barqarorlik qaror topişiga umid bildirdi. Qirolning Tramp nomiga bildirilgan tabrik telegrammasi matni bilan Saudiya Arabistonining "Al-Axboriya" telekanali taniştirdi.

"Xalq va qirollik hukumati va bizning nomimizdan döstona amerika xalqiga samimiy tabriklarimizni yetkazmoqçiman hamda taraqqiyot va farovonlik tilab qolmoqçiman. Biz Yaqin Şarqda va butun dunyoda xavfsizlik va barqarorlik olib kelişi mumkin bölgan yangi lavozimingizda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz", deb aytilgan qirol tabrigida.  

Qirol Saudiya Arabistonida barça sohalarda rivojlanişi va mustahkamlanişiga umid qilinayotgan ikki döstona davlat örtasidagi mustahkam tarixiy aloqalarga işora qildi.