Germaniyaning Volkswagen kompaniyasi rasman yangilangan Golf xetçbekini namoyiş etdi. Modelga 1,5 litrli 4 silindrli dvigatel, butunlay yangi raqamli priborlar paneli, sensor tugmaçali multimedia tizimi hamda harakatlar bilan boşqariş imkoniga ega böldi. Harakatlar bilan boşqariş imkoniyati ilk bora ye Golf R Touch kontseptida namoyiş etilgan edi. 

Aytiş joizki, Golf  oilasining dizaynida birozgina özgarişlar amalga oşirilgan. Uning bamperlari va boş yoritqiç çiroqlari şakli özgargan. Orqa çiroqlari esa barça töplamlarda bir xil, diodli böladi. 

Modelga 150 ot kuçiga teng TSI motorlar qatori örnatiladi. Undagi silindrlarning yarmi (2tasi) kam yuklanişlarda işlamaydi. Bundan taşqari, agregatning ekonamunasi, 130 ot kuçiga ega BlueMotion motori ham işlab çiqilgan. Bu motor, avtomobil pastga harakatlanayotganda öçadi va haydovçi gaz pedalini bosmagunça işga tuşmaydi. VW şu bilan har 100 kmda bir litr yoqilğini tejaş imkonini beradi. 

GTI rusumiga örnatilgan 2,0 litrli motorning quvvati 230 ot kuçiga yetkazilgan.  Performance töplamiga esa 245 ot kuçiga ega dvigatel örnatiladi. Şu bilan birga, keyinçalik barça olti diapazonli DSG uzatmalar qutisini almaştiruvçi, yetti bosqiçli avtomatik transmissiya işlab çiqildi.

«Golf»ga 12,3 dyuymli, 1440×540 piksel ölçamli ekran, smartfonlarni simsiz quvvatlagiç, Wi-Fi hamda yangi multimedia tizimlari örnatiladi. Boşlanğiç töplami harakatlar bilan boşqariş imkoniga ham ega böladi. Masalan, kaftni öng-çapga silkitiş bilan menyu sahifalarini özgartiriş yoki radiostansiyalarni sozlaş mumkin. 

Model ehtimoliy YTHda yölovçilarni avvalroq himoya qiliş tizimini qöllaşda ham turdoş avtomobillar orasida birinçi böldi. Halokat xavfi paydo bölganda, deraza va tomidagi lyuki yopiladi, elektronika xavfsizlik yostiqçalariga havo yuborişga şaylanadi, kamarlar tortiladi. Yangi «Golf»ning yana bir qator tizimlari takomillaştirilgan.

VW Golf Yevropa bozorida kelasi yil aprelidan sotuvga çiqariladi. Modelning sakkizinçi avlodi 2019 yilda paydo böladi.