Farğona viloyat hokimligi, “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati viloyati kengaşi hamda siyosiy partiyalar hamkorligida “Men öz kelajagim uçun ovoz beraman” şiori ostida “Saylov va yoşlar” deb nomlangan forum bölib ötdi. Unda Andijon, Namangan va Farğona viloyatlari yoşlari iştirok etdi.

Mamlakatimizda demokratik talablar va xalqaro standartlarga mos saylov tizimi şakllantirildi. Saylovlarga tayyorgarlik köriş va uni yuqori saviyada ötkaziş, fuqarolar, jumladan, yoşlarning saylov huquqlarini töla amalga oşirişi uçun şart-şaroit yaratiş borasidagi qonunçilik izçil takomillaştirib borilmoqda.

Yoşlar demokratik islohotlarni yanada çuqurlaştiriş va fuqarolik jamiyatini rivojlantirişga qaratilgan keng kölamli islohotlarda faol iştirok etayotir. Buni joriy yil 4 dekabrda Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga bölib ötadigan saylovga tayyorgarlik jarayonida ham kuzatiş mumkin.

– Hozirgi davrda ertamiz egalarining siyosiy-huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlaş har qaçongidan dolzarb, – deydi “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati viloyat kengaşi raisi örinbosari Ahadjon Akbarov. – “Yoşlar va saylov” forumi yigit-qizlarning mamlakatimizdagi siyosiy jarayonlarga mustaqil va ongli munosabatini şakllantiriş, Konstitutsiyamiz va boşqa qonunlarga hurmat hissini kuçaytiriş, saylovlarga munosib tayyorgarlik köriş va uşbu siyosiy jarayon haqida ilk bor iştirok etuvçi yoş saylovçilarning xabardorligini oşirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Forum viloyat markazidagi Ahmad Farğoniy majmuasida boşlandi. Ular buyuk alloma haykali poyiga gulçambarlar qöydi. Şundan söng iştirokçilar Farğona politexnika institutida bölib, bu yerda amalga oşirilgan bunyodkorlik işlari, talabalar uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişişdi. Mazkur institut binosida joylaşgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkazuvçi 729-saylov uçastkasidagi saylovga tayyorgarlik işlari ham yoşlarda katta taassurot qoldirdi.Saylov qonunçiligidagi özgariş va yangiliklar, saylov komissiyalari faoliyatini samarali taşkil etiş va boşqa masalalar böyiça batafsil ma'lumot berildi.

– Men bu yil birinçi marta saylovda qatnaşaman, – deydi Farğona san'at kolleji öquvçisi Mohidil Qurbonova. – Bugungi forumda saylovda har bir saylovçining ovozi muhim ahamiyatga ega ekanini yanada çuqur angladim. Biz, yoşlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar sirlarini puxta özlaştirişimiz, iste'dod va salohiyatimizni keng namoyon etişimiz uçun barça şaroit yaratilgan. Saylovda mamlakatimiz kelajagini belgilaşdek muhim jarayonda öz ovozim bilan qatnaşiş imkoniyatiga ega bölganimdan xursandman.

Şundan söng vodiy yoşlari maxsus avtobuslarda Rişton tumani sari yöl oldilar. Faol yoşlar dastlab Respublikaga tanilgan, kulolçilik san'atini puxta egallagan usta kulollar iş faoliyati bilan yaqindan tanişdilar.

Yoşlar oddiy tuproqdan tayyorlangan sopol buyumlarni dunyo bozorini zabt etayotgani, mustaqillik yillarida kulolçilik yanada rivoj topayotganligini öz közlari bilan körişib, öz hayajonlarini yaşira olişmadi.

-Men Riştonlik kulollar töğrisida matbuotda öqib, televideniya orqali körgan edim. Lekin bunçalik ustalarning mahoratini Rişton tumaniga kelib, öz közim bilan körib ularni sa'natiga qoyil qoldim. Kulollar yaratayotgan durdona asarlar Respublikamiz, qolaversa Farğona viloyatini dovruğuni dunyoga taratişiga şak-şubha yöq- deydi Namangan viloyatidan kelgan forum iştirokçisi Ma'murjon Ergaşev.

Rişton tumanida videokonferensiya tarzida tadbir ötkazildi. Barça şahar va tuman markazlarida yiğilgan yoşlar bilan oçiq va jonli muloqot böldi.Tadbirda yoşlar mamlakatimizda istiqlol yillarida eng yuksak demokratik talablar va umume'tirof etilgan xalqaro standartlar asosida yaratilgan milliy saylov tizimi, saylov jarayonida oçiqlik va oşkoralik prinsiplarini mustahkamlaş maqsadida saylov qonunçiligiga kiritilayotgan özgartişlarning ma'no-mazmuni bilan atrofliça taniştirildi.

– Saylov – mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqea, – deydi boks böyiça ösmirlar örtasida Osiyo va jahon çempioni, II ösmirlar Olimpiadasi ğolibi, kattalar örtasida Osiyo çempioni, jahon çempionati va Olimpiya öyinlari sovrindori Bektemir Meliqöziyev. – Unda iştirok etişning hayajoni va mas'uliyatini çuqur his qilmoqdamiz. FaMazkur forum mamlakatimizda ötkazilayotgan saylovlar mohiyati, ularda yoşlarning iştiroki, saylovlarni ötkaziş tartibi, saylov qonunçiligiga doir bilimimiz yanada boyimoqda. Bu bölajak saylovda öz fuqarolik pozitsiyamizni erkin namoyon etişga yordam beradi.

Şundan söng, vodiy yoşlarining yurtimizning butun yoşlariga saylovni yuqori saviyada, faollik bilan ötkazişga qaratilgan murojaati qabul qilinib, öqib eşitirildi.

M.SULAYMONOV