Germaniyaning Condor aviakompaniyasi samolyoti özini tajovuzkor tutgan britaniyalik yölovçi sababli AQŞda qönişga majbur böldi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Voqea Kankundan (Meksika) Frankfurtga (Germaniya) uçib ketayotgan samolyotda yuz berdi. Ma'lum qilinişiça, 34 yoşli yölovçi Oliver Çarlz Xellidey Ji samolyot jönaşidan oldinoq özini tajovuzkor tutişni boşlagan va styuardlardan spritli içimlik talab qilgan.
Samolyot havoga kötarilgandan keyin erkak boşqa bir yölovçi va uning uç yoşli qizini öldiriş bilan taqdid qila boşlagan va bortkuzatuvçilarni haqorat qilgan. Bundan taşqari, styuardlardan biri boşqa bir yölovçi yordamida bezorini hojatxona tomon olib ketişganda, bezori ularni urgan.
Natijada aviakompaniya xodimlari va yölovçilar bezorining "popugini pasaytirib qöyişlariga" töğri kelgan. Oqibatda samolyot Florida ştatidagi Jeksonvill şahrida qönişga majbur bölgan. U yerda bezori Federal qidiruvlar byurosi agentlariga topşirilgan. Şundan keyingina samolyot Germaniyaga parvozini davom ettira olgan.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, bezoriga özini tajovuzkor tutgani va öldiriş bilan tahdid qilgani uçun 20 yillik qamoq jazosi berilişi mumkin.












