Argentina terma jamoasi hujumçisi Lionel Messi JÇ-2018 saralaşi doirasida Braziliyaga qarşi keçgan va 0:3 hisobidagi mağlubiyat bilan yakunlangan uçraşuvdan keyin fikrlarini bildirib ötdi.

«Biz qulaşda davom etmoqdamiz. Lekin mundial yöllanmasi uçun imkoniyat saqlab qolganmiz. Bu özimizga boğliq. Biz rasvo holatdamiz, lekin kuraşni davom ettirişimiz kerak.

Aqlni yiğiş kerak. Bizda juda yaxşi futbolçilar jamlangan. Lekin boşingda muammo bölsa, oyoqlaring özingga böysunmay qöyadi. Ijobiy narsalar haqida öylaşimiz va bu rasvo vaziyatni töğrilaşimiz kerak.

Yanada kuçliroq bölişimiz kerak, biz oğir vaziyatdan çiqamiz.

Biz öta jiddiy raqib bilan öynadik. Birinçi golgaça öyin teng keçdi. Ammo ikkinçi gol bizga yomon ta'sir qildi. Biz diqqatimizni yöqotdik, biz bunda ham yirik hisobdagi mağlubiyatga uçraşimiz mumkin edi. Argentina natijalari öz qölida, ammo boşqa oçko hadya qilmasligimiz kerak», – degan Messi.

«Umid qilamanki, San-Xuanda (Argentinaning saralaş doirasida Kolumbiyaga qarşi öyini keçadigan şahar. — «Tribuna.Uz») muxlislar bizni qöllab-quvvatlaşadi. Aks holda bu bizga salbiy ta'sir körsatişi mumkin. Kordobada (argentinaliklar Paragvayga 0:1 hisobida yutqazgandi. — «Tribuna.Uz») men muxlislar bizga qanday huştakbozlik qilayotganini eşitdim. Bu bizga yordam bermaydi axir.

Biz bir tanu bir jon bölişimiz kerak. Jamoa safar öyinlarida ham özini uydagidek his qila olişi kerak. Odamlar çarçadi. Muxlislar şuni tuşunişi kerakki, biz bir maqsad yölida birlaşsakkina, maqsadga yetamiz. Biz özimiz hammadan ham köproq istaymiz ğalabalarni. Lekin atrofimizda bizga yomon qaraşlarni sezsak, bu öyinimizda aks etadi», — deya tan olgan «Barselona» futbolçisi.

«Biz biroz dam olişimiz va bu mağlubiyatni unutişimiz kerak. Keyin navbatdagi öyinga tayyorlanamiz. Bu öyin butunlay boşqaça böladi. Biz özimizni tonnalab tanqid kutayotganini bilamiz, lekin xotirjamlikni saqlaşimiz va mundial çiptasi masalasini hal qilişimiz kerak.

Oldinda yana öyinlar bor va biz jahon çempionatidan quruq qolişni xayolimizga ham keltirmayapmiz. Ğalaba qozona boşlasak, poygaga qöşilamiz. Faqat yaxşiliklarni öylaş kerak va şunda vaziyat öz-özidan özgaradi», — deya fikrlarini yakunlagan futbolçi.

11 tur öyinlaridan keyin Argentina guruhda 6-örinda qolmoqda. Janubiy Amerika mintaqasida JÇ uçun 4 yöllanma öynaladi, 5-örin egasi pley-offda Okeaniya mintaqasi ğolibi bilan bellaşadi.