DW rasmiy natijalarga tayanib xabar berişiça, 25-oktabr kuni ötkazilgan ovoz berişda 80 yoşli, söl markazçi Lula da Silva 51,8 foiz, öng populist senator Flaviu Bolsonaru esa 48,2 foiz ovoz olgan.
Naşr qayd etişiça, bu Braziliya tarixida birinçi turda ikkinçi örinni egallagan nomzod yakuniy ovoz berişda ğalaba qozongan ilk holat böldi.
Natijalar eʼlon qilingaç, Lula tarafdorlari ğalabani nişonlaş uçun köçalarga çiqqan. AFP agentligiga köra, Rio-de-Janeyroda muşakbozlik va vuvuzela sadolari yangragan. San-Pauluda esa minglab odamlar Lula yetakçilik qilayotgan Mehnatkaşlar partiyasi ramzi bölgan qizil rangli kiyimlarda töplangan.
Flaviu Bolsonaru natijalarni tan olmagan. Associated Press xabariga köra, u ovoz beriş vaqti uzaytirilganini asos qilib, saylov yakunlarini bekor qilişga çaqirgan.
Ayni paytda saylov uçastkalari iş vaqtini uzaytirişni avvalroq Lula ham, Bolsonaruning özi ham söragan. Bunga ayrim hududlarda jamoat transportidagi muammolar va noqulay ob-havo sabab bölgan.
Oliy sud sudyasi Kriştianu Zanin uçastkalar reja böyiça yopilişiga uç daqiqa qolganida ovoz berişni yana ikki soatga uzaytiriş haqida qaror çiqargan.
Lula da Silva prezidentlik lavozimini törtinçi marta egallaydi. Bu muddatlar ketma-ket emas.
Uning qayta saylaniş uçun kuraşi aholining turmuş qimmatlaşuvi va jinoyatçilik ösişidan xavotiri şaroitida keçgan. Saylov kampaniyasiga korrupsiya mojarolari, iqtisodiy beqarorlik hamda AQŞ aralaşuvi haqidagi ayblovlar hamroh bölgan.

















