DW xabariga köra, öng qanot Liberal partiyasidan prezidentlikka sobiq nomzod 29-oktabrga ötar keçasi X ijtimoiy tarmoğida «Braziliya xalqiga maktubi»ni eʼlon qilgan.

OAV maʼlumotlariga köra, Bolsonaru dastlab özini mamlakatning «haqiqiy prezidenti» va «saylangan prezidenti» deb atagan, keyinroq esa bu iboralarni öçirgan.

Natijalarni partiyasi tan olgan

25-oktabr kuni ötkazilgan prezidentlik saylovining ikkinçi turida amaldagi davlat rahbari Luis Inasiu Lula da Silva 51,79 foiz, Flaviu Bolsonaru esa 48,21 foiz ovoz olgan.

Bolsonaru natijalarni tan olmasligini bildirgan bölsa-da, 26-oktabr kuni uning Liberal partiyasi mağlubiyatni tan olgan.

Maktubda siyosatçi Lulaning ğalabasi qonunbuzilişi va korrupsiyalaşgan sud tizimi tufayli qölga kiritilganini daʼvo qilgan. U xorijdan turib Braziliyada demokratiya uçun kuraşga boşçilik qilişini, Lula da Silvaning «diktatorlik rejimi» örnatişiga yöl qöymaslikni istaşini yozgan.

Biroq murojaatda saylov soxtalaştirilganiga doir aniq dalillar keltirilmagan.

Çiqiş taqiqidan keyin Mayamiga borgan

Xabarga köra, 26-oktabr kuni Bolsonaruga mamlakatdan çiqiş taqiqlangan va oddiy hamda diplomatik pasportlarini topşiriş haqida Oliy sud qarori berilgan. Bu korrupsiya, pul yuviş va soliq tölaşdan böyin tovlaşga oid tergovlar bilan boğliq.

Argentina migratsiya idorasi maʼlumotiga köra, Bolsonaru rafiqasi Fernanda va ikki qizi bilan Braziliya çegarasidagi Tankredu Nevis punkti orqali Argentinaga kirgan. Idora ular amaldagi safar hujjatlarini taqdim etgani va kiriş uçun huquqiy tösiqlar bölmaganini bildirgan.

DW yozişiça, siyosatçi Argentinadan Ekvadorga, u yerdan esa Mayamiga yöl olgan bölişi mumkin. U pasportlarini topşiriş haqidagi sud talabini bajargan-bajarmagani nomaʼlum. OAV uning Italiya fuqaroligi ham borligini xabar qilgan.

Bolsonaru maktubida AQŞ prezidenti Donald Tramp va Argentina prezidenti Xavyer Mileyga qöllab-quvvatlov uçun minnatdorlik bildirgan.

Braziliyada murojaat tanqid qilindi