2016 yilning 12 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga rasmiy taşrif bilan kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Taşqi işlar vaziri Van I bilan uçraşdi. Bu haqda TIV rasmiy sayti ma'lum qildi.
Muzokaralar davomida ikki va köp tomonlama şakllardagi Özbekiston-Xitoy munosabatlarining hozirgi holati va ularni rivojlantiriş istiqbollari, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar muhokama qilindi.
Muloqot çoğida umumiy kun tartibining barça masalalari böyiça hamkorlik, jumladan Şanxay hamkorlik taşkiloti va boşqa tuzilmalar doirasidagi munosabatlarni rivojlantirişga ikki tomon ham intilayotgani qayd etildi.
Muzokaralar yakunlariga köra Özbekiston va Xitoy TIV rahbarlari OAV vakillari oldida nutq sözladilar.
Uçraşuvda Xitoy Elçisi Sun Lijie iştirok etdi.












