«Barselona» hujumçisi Lionel Messi kataloniyaliklar klubi bilan şartnomasini uzaytirmoqçi emas. Bu haqda Marca xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga köra, Argentina terma jamoasi hujumçisi bu qarorni oilasi bilan yozgi ta'tildaligidayoq qabul qilib bölgandi. U öşanda otasidan va yaqin kişilaridan biridan jamoa rahbariyatiga bu istagi haqida yetkazişni söragan. Messi hatto amaldagi şartnomasi yakunigaça ham «Barselona»da qolişiga işonçi komil emas. 

Kök-anorranglilar jamoasi prezidenti Xosep Bartomeu bu xabardan şokka tuşgan. Keyinroq u Messidan xotirjamlikni saqlaşni, öz niyatlarida oğirroq bölişini söragan. Şuningdek, Bartomeu futbolçi uçun söraladigan badal puli 250 million yevroni taşkil qilişini eslatgan.

Messining «Barselona» bilan amaldagi şartnomasi 2018 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Bundan oldinroq, Lionel Messi «Barselona»dan Kriştianu Ronaldu «Real»dan topayotgan pulni, ya'ni 50 million yevro maoş tölaşni talab qilgani haqida xabarlar berilgandi.

Kataloniya klubi futbolçiga rekord darajadagi maoş taklif qilişga tayyor. Qayd etiş kerak, «Barselona» yaqindagina Neymar bilan şartnomani 2021 yilning yoziga qadar uzaytirgan bölib, braziliyalik hujumçi uçun yiliga 25 million yevro tölaşga rozi bölgandi. Ayni vaqtda jamoa urugvaylik Luis Suaresni ham yangi şartnomaga köndiriş harakatiga tuşib qolgan.