Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu yangi taʼsis etilgan «Barcha davrlarning Oltin toʻpi» (Ballon d’Or of All Time, B.O.A.T.) mukofotiga nomzodlar qatoridan joy oldi. Daʼvogarlar roʻyxati 20-oktabr kuni eʼlon qilindi. Portugaliyalik va argentinalikdan tashqari, roʻyxatda Alfredo Di Stefano (Ispaniya), Yohan Kroyf (Niderlandiya), Frans Bekkenbauer (Germaniya), Kevin Kigan (Angliya), Karl–Hayns Rummenigge (Germaniya), Mishel Platini (Fransiya), Marko van Basten (Niderlandiya) va braziliyalik Ronaldo ham bor.

Roʻyxatga kimlar kirishi mumkin?
France Football mezonlariga koʻra, «Oltin toʻp»ni kamida ikki marta qoʻlga kiritgan futbolchilargina yangi sovringa nomzod boʻlishi mumkin. Shu sababli roʻyxatda Pele va Diyego Maradona yoʻq. Bu 1995-yilgacha mukofot faqat yevropalik futbolchilarga topshirilgani bilan izohlanadi.
Roʻyxatdan oʻn kishi joy oldi. Messining hisobida sakkizta, Ronalduda esa beshta «Oltin toʻp» bor. Bekkenbauer, Platini, Kroyf, van Basten va boshqalar bu mukofotni ikki-uch martadan qoʻlga kiritgan.
Ovoz berish jarayoni va uning oʻziga xos jihatlari
Taʼkidlanishicha, mukofot sohibi muxlislar ovozi bilan aniqlanadi. Muxlislarning soʻzlariga koʻra, har bir ovoz uchun 1 yevro toʻlash kerak. Berilgan ovoz evaziga ishtirokchi «Oltin toʻp» gʻolibining yuqori sifatli raqamli fotosuratiga ega boʻladi. Shuningdek, ovoz beruvchilar oʻrtasida 2027-yilgi taqdirlash marosimiga ikkita chipta oʻynaladi.
















