Jahon çempionati saralaşining uçinçi bosqiçi doirasidagi Janubiy Koreya – Özbekiston öyini oldidan Osiyo Futbol Konfederatsiyasi rasmiy sayti muxbirlari Özbekiston milliy terma jamoasi hujumçisi Igor Sergeyev bilan suhbatlaşdi.

Jahon çempionati saralaşining uçinçi bosqiçi 5-turi doirasida “A” guruhida ikkinçi örinni egallab turgan Özbekiston safarda guruhning uçinçi örinini band qilib turgan Janubiy Koreya mehmoni böladi. Hujumçi Igor Sergeyev “World Cup Stadium”da haqiqiy “jang” bölişini taxmin qilmoqda.

Bu jamoalar örtasidagi 10 öyindan 7tasida koreyaliklar ğalaba qozonib, yana uç uçraşuvda durang natija qayd etilganiga qaramay, 23 yoşli Igor Sergeyev hamda uning jamoadoşlari avvalgi turda Xitoyni mağlub etgan va sönggi 11 uçraşuvining 10tasida ğalaba qozongan holda ğoliblik kayfiyati bilan taşrif buyurgan.

“Bu öyinga tarif berişda bejizga “jang” sözini işlatmayapman, bu öyin şu sözga munosib. Çunki natija uçun maydondagi har bir futbolçi kuraşadi. Bizni haqiqiy töqnaşuv kutib turibdi”, - deydi öyin haqidagi fikrlari bilan örtoqlaşiş çoğida “Beyjin Goan” safida ijara asosida öynayotgan Sergeyev.

“Bu şunçaki navbatdagi futbol uçraşuvi bölmaydi: jismoniy va ruhiy kuraş keçadi. Mana şu kuraşda ustun kelganlar jang ğolibiga aylanadi. Jangda eng muhimi – raqibning ojiz tomonini topiş va undan foydalaniş hisoblanadi. Şuningdek, doimiy ravişda diqqatni bir joyda jamlaş talab etiladi.

Bölajak öyinda hamma aynan şunday qilişga urinadi. Men “jang” deganda faqatgina jamoaviy kuraşni nazarda tutmayapman. Öyin davomida boşqa, individual kuraşlar ham muhim örin tutadi: Hujumçilar va darvozabonlar, yarim himoyaçilar, murabbiylar örtasidagi özaro töqnaşuvlar...”

Sönggi marta bu jamoalar Osiyo Kubogi çorak finalida özaro töqnaş kelişgandi. Öşanda koreyaliklar Son Xeung Minning ajoyib öyini evaziga qöşimça taymlarda 2:0 hisobida ğalabaga erişgandi.

Sergeyev va jamoadoşlari bu öyinni hali eslaşadi va öşa natijani önglaşga urinişadi.

“Avstraliyadagi öyin bu öyinga yaxşiroq çoğlanişimiz uçun qöşimça sabab böladi. Men öşa öyinda maydonga tuşmagandim. Uçraşuvni zaxira örindiğida ötirib kuzatganman.

Maydon çetida ötirib, jamoang qiyin ahvolda ekanida yordam bera olmaslik – judayam qiyin va öta ğalati tuyğular keçadigan holat. Murabbiylarda bu narsa har bir öyinda bölsa kerak. Ular bunga qanday çiday olişlarini tasavvur ham qila olmayman. Xullas, öşa öyin sabab men ikki barobar motivatsiya bilan öynayman”.

“Har safar öşa öyinni körganimda “Agar men maydonda bölganimda öyin qanday keçardi”, “Şu holatda men nima qilgan bölardim”, deb öylayman. Biz öşanda judayam köp vaziyatlarga ega bölganmiz. Ammo vaziyatlarni gol bilan yakunlay olmagandik. Bu safar jamoamga yordam bera olişimdan xursandman”, - deya sözlariga yakun yasaygan Igor Sergeyev.