Yaxyoxöja Uluğxöjayev: Bobur aka, Janubiy Koreya bilan öyinni birga kördik. Nima kutgandingiz va nimani kördingiz?

Bobur Akmalov: Hozir Özbekiston milliy jamoasidan kutilmalarim töliq özini oqlamayapti. Buning obyektiv sabablari bor. Kannavaro faoliyatini endi boşladi, desak töğri böladi. Jahon çempionatigaça va jahon çempionatida uning işiga töliq baho beriş uçun yetarli material bölmadi.

Endi u öz jamoasini quryapti, özi xohlagan futbolçilarni tarkibga kirityapti va natija uçun töliq javobgar böladigan pallaga keldi. Şuning uçun men hozir Kannavaroning «çizgilari»ni, uning jamoasi avvalgi terma jamoadan nimasi bilan farq qilişini körişni istardim. Bu asta-sekin körina boşlayapti. Balki Osiyo kubogigaça töliq manzara şakllanar.

Bu FIFA kunlarida yangi futbolçilarning tajribalilar bilan integratsiyasini ham kördik. Eron, Suriya va endi Janubiy Koreya bilan öyinlar bizga maʼlum xulosalar uçun material berdi.

Men esini taniganimdan beri körgan Janubiy Koreya terma jamoalari orasida hozirgisi, ehtimol, eng kuçsizlaridan biri. Aksinça, hozirgi Özbekiston terma jamoasi men körgan Özbekiston jamoalari orasida eng kuçli ikki-uçtalikka kiradi.

Şunga qaramay, bu uç öyin bizga ayrim detallarni körsatadi, ammo hali töliq manzarani emas. Kannavaro ham izlanişda. Şu sabab hozir unga ortiqça bosim yoki tanqid yöllamagan bölardim.

Koreyaga qarşi öyinda menga yoqqan qismlar böldi. Ayrim beş-ön daqiqalik bölaklarda yaxşi bosim qildik, yaxşi harakatlandik. Ammo yakunda muammo bor. Oxirgi pas yoki oxirgi zarbadagi kiçik xatolar, ustiga-ustak Koreyaning yaxşi himoyalanişi kamçiliklarimizni oçib berdi. Ayniqsa, himoyada va eng oğriqli nuqtamiz - darvozada.

Yaxyoxöja Uluğxöjayev: Janubiy Koreya har qaçongidan zaifroq ekanini hatto koreys mediasi ham yozyapti. Öyindan oldin ğalaba yoki heç bölmaganda durangga umid bormidi?

Bekzod Isayev: Oldingi ikki öyindan keyin eyforiyaga berilib, «Koreyani ham yutamiz» degan fikr menda yöq edi. Çunki biz sönggi paytlarda bunday jamoalar bilan deyarli öynamayapmiz. Eron bilan köp öynaymiz, orada arab davlatlari jamoalari bor. Ammo qitʼaning boşqa qismidagi kuçli jamoalar bilan öyinlar kam.

Ularning öyin tezligi baribir biznikidan yuqori. Jahon çempionatida salbiy natija qayd etgan, öz yurtida tanqid qilinayotgan bölsa ham, Koreyaning futboli biznikidan farq qiladi.

Şu bilan birga, bugungi öyinni körib, 10-15 yil oldingi Özbekiston terma jamoasini esladim: hujumkor, kuçli raqib bilan tengma-teng öynaşga qodir jamoa. Farq ayrim detallarda qolyapti.

Birinçi taymda töp nazoratida ham ustunlikka erişgan paytlarimiz böldi. Vaziyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik. Ikkinçi taymda esa çarçoq sezildi.

«Darvozabonlar bilan katta turnirga boriş - risk»

Yaxyoxöja Uluğxöjayev: Darvozabon masalasiga ötaylik. Ötkir Yusupov bu yiğinga çaqirilmadi. Nazarovni kördik, Koreyaga qarşi Abduvohid Neʼmatov öynadi. Bu muammo tobora kattalaşib borayotgandek emasmi?

Bobur Akmalov: Darvozabonlar muammosi bor va u azaldan, Katanes davridan mavjud. Ötkir Yusupovni jahon çempionatiga olib çiqqan seyvlari, qaytargan penaltilari uçun eʼtirof etamiz. Ammo bir qator öyinlarda u qaytarişi kerak bölgan zarbalarni ötkazib yuborganini ham körganmiz.

Abduvohidga kelsak, maydonda uning xatolarini «Nasaf»da ham, jahon çempionatida ham kördik. Bugungi birinçi golda, oçiğini aytganda, töp Abduvohidniki edi. Ikkinçi golda ham biroz oldinga çiqib, pozitsiyasini yöqotdi va boş bilan berilgan zarbaga ulgurmay qoldi.

Xato hammada böladi. Ammo uning muntazam takrorlanişi - yomon signal. Katta turnirda raqiblar har bir darvozabonimizning kamçiligini örganadi. Kimdir çiqişda xato qiladi, kimdir öziga kelgan zarbalarni qaytarişda qiynaladi, yana kimdir töpni oldiga qaytaradi. Zamonaviy futbolda bularning barçasi tahlil qilinadi.

Hozir birorta darvozabonimizdan 100 foiz könglimiz töq emas. Menimça, Kannavaroda ham xuddi şu muammo bor. Abduvohid, Ötkir, Vladimir Nazarov yoki Botirali Ergaşevning eng yaxşi xususiyatlarini bitta darvozabonga jamlasak, balki ideal posbon çiqardi. Ammo har birining yaxşi jihatlari bilan birga kamçiliklari ham bor.

Şu sabab Kannavaroning boşqa tanlovi ham köp emas. Bor darvozabonlar bilan turnirga tayyorlanişga majburmiz.

Bir paytlar Nesterovni, undan oldin Bugaloni maqtaganmiz. Albatta, ularda ham kamçiliklar bölgan. Ammo Katanes jamoani qabul qilib olgan davrdan hozirgaça qaraydigan bölsak, aynan darvozabon pozitsiyasida pasayiş bor.

Ayniqsa, himoyamizda kuçli futbolçilar köpayib borayotgani fonida bu yanada yaqqol körinyapti. Hujum va himoya çiziğimiz yaxşi. Muammo asosan ikki çiziqda - yarimhimoya va darvozada.

Bir neça yil avval Denis Ivankov bilan suhbatda u qiziq fikr aytgan edi: «Sizlar hozir sezmayapsizlar, ammo özbek futbolida darvozabonlar regressga ketyapti». Sababini söraganimizda, Superliga klublarida professional darvozabonlar murabbiylari yetişmasligini aytgandi.

Darvozabonni tayyorlaş faqat oltita töpni otib, u yoqdan bu yoqqa sakratiş emas. Uning alohida texnikasi, maşğulot dasturi bölişi kerak. Afsuski, bugun öşa muammoning natijasini köryapmiz.

Bekzod Isayev: Menimça ham, hozir özbek futbolida darvozabonlar inqirozi kuzatilyapti. Ötkir Yusupovning jahon çempionati saralaşidagi qahramonligini bilamiz. Lekin undan oldin Osiyo kubogida oddiy zarbani ötkazib yuborganini ham körganmiz.

Hozir Abduvohidda ham şunga öxşaş holat. Katta va muhim öyinlarda bosimni his qilayotgandek. Koreya ham bizni yaxşi örgangan. Öziga kelgan, murakkab bölmagan zarbani qaytara olmaslikni oçiqçasiga darvozabon xatosi deyiş kerak.

Lekin muammo faqat darvozabonda emas. Markaziy himoyada ham boğlam işlamayapti. Ikkinçi golda futbolçilar orasida katta masofa paydo böldi va koreyalik futbolçi bemalol gol urdi.

Şu nuqtai nazardan Husniddin Aliqulovning tezroq safga qaytişini köpçilik kutyapti. Bugungi öyin uning milliy jamoa uçun qançalik muhim futbolçi ekanini yana bir bor körsatdi.

Eron ustidan ğalabalar bizni aldayaptimi?

Yaxyoxöja Uluğxöjayev: Eron bilan çiroyli ğalaba qozondik. Bugungi mağlubiyat fonida öşa natijaning qiymati yöqolib ketmaydimi?

Bekzod Isayev: Oddiy köça futbolida ham bir raqib bilan juda köp öynasangiz, avval doim yutqazgan bölsangiz ham, bir kuni yuta boşlaysiz. Biz Eron bilan munosabatlarda şu bosqiçga keldik.

Bizning futbolimizda ösiş bor. Futbolçilarimiz Yevropaga çiqyapti, daraja kötarilyapti. Eronda esa avlodlar almaşinuvi oğir keçyapti. Biz ançadan beri biladigan Azmun, Taremiylar hali ham bor. Buni Eron matbuotining özi ham yillardan beri tanqid qiladi.

Bizda esa avlodlar almaşinuvi yaxşiroq keçdi. Deyarli har yiğinda bitta-ikkita yangi futbolçi paydo bölyapti. Behruz Karimov, Muhammadjonov kabi futbolçilar kirib kelyapti. Ular raqib uçun ham yangi va nomaʼlum futbolçilar.

Şu sabab Eronni yutayotganimiz faqat bizning juda kuçayib ketganimiz emas, balki ularda avlodlar almaşinuvi yaxşi keçmayotgani bilan ham boğliq.

Bobur Akmalov: Eron bilan şu qadar köp öynayapmizki, oxirgi matbuot anjumanida hatto fors tilidan özbek tiliga töğridan-töğri tarjima qiladigan tarjimon ham bor edi.

Eron hozir biz uçun asosiy ölçov bölolmaydi. Bizdagi progress ulardagi regress bilan bir vaqtga töğri keldi. Tört-beş yil oldin Eron bilan durang öynasak yoki ulardan öta olsak, «şu darajaga yetibmiz», deb xursand bölardik.

Endi marrani özgartirişimiz kerak. Yangi ölçov - Janubiy Koreya, Yaponiya kabi Osiyoning eng kuçli jamoalari.

Bizda ösiş bor. Reytingda kötarildik, raqiblar biz bilan hisoblaşyapti, legionerlarimiz soni va sifati oşdi. Ammo jamoada qança yaxşi futbolçi bölmasin, ular örtasida tuşuniş va boğlamlar bölmasa, alohida-alohida yulduzlar jamoasi bölib qolaveradi.

Koreyaning hozirgi holati haqida ham bir narsani unutmaslik kerak. «Koreya pasaydi» deganimizda, ularni Özbekiston yoki Eron bilan emas, Koreyaning eng kuçli davri bilan taqqoslayapmiz. Ular özlarining yuqori darajasidan pasaygan.

Ammo ana şu pasaygan daraja ham Özbekistonni bugungi körinişda mağlub etişga yetarli böldi. Biz aynan şundan xulosa çiqarişimiz kerak.

Şu bilan birga, bu örtoqlik uçraşuvi va Kannavaroning eksperimentlari hali davom etayotganini ham unutmaylik. U kim nimani bera olişini tekşiryapti. Şu sabab hozir jamoa haqida yakuniy hukm çiqarmagan bölardim.

Kannavaroning asosiy imtihoni - Osiyo kubogi. Öşa paytgaça jamoani tayyorlay olsa, töğri yöldan ketganini ayta olamiz. Tayyorlay olmasa, eng katta imtihonini boy bergan böladi.

«Asosiy muammo - futbolçilarning kimyosi»

Bobur Akmalov: Yangi çaqirilganlar orasida kimni özingiz uçun kaşf qildingiz?

Yaxyoxöja Uluğxöjayev: Men uçun Muhammadjonov kaşfiyot böldi. U şaxsan men uçun biroz mavhum futbolçi edi. «Andijon»da öynadi, keyin legionerga aylandi. Farrux Sayfiyev çaqirilmagaç, Şerzodga raqobatçi kim böladi, degan savol bor edi.

Muhammadjonov birinçi öyinning özida yaxşi reyd qilib, assist amalga oşirdi. Şu sabab men uçun uşbu yiğinning kaşfiyoti şu futbolçi böldi.

Akmal Mozgovoy ham milliy jamoaga juda yaxşi qöşilyapti. Lekin biz uning bunday öyinlarini avval ham körganmiz. Muhammadjonov esa men uçun yangilik böldi.

Bekzod Isayev: Men uçun Muhammadjonov yangilik emas. Uni Temur Kapadze boşqargan Olimpiya jamoasidan beri bilaman. Öşa katta natijalarga erişgan jamoaning ajralmas qismi edi.

U qanotdagi reydlarini doim körsatib kelgan. Keyin «Andijon»da öyini unçalik çiqmadi. Bu murabbiy, sxema va boşqa omillarga ham boğliq. Legioner bölgaç yana özini körsata boşladi va milliy jamoaga bekorga çaqirilmaganini isbotladi.

Hozir muammoli pozitsiyalarimizdan birida eng optimal variantlardan biri bölib körinyapti. Buni Kannavaroning topilmalaridan biri desak böladi.

Mozgovoyni ham qöşgan bölardim. Behruz Karimov esa allaqaçon asosiy tarkib futbolçisiga aylanib ulgurdi. Hojiakbar Alijonov qaytsa, öng qanotda raqobat yanada kuçayadi.

Lekin hozir asosiy masala alohida futbolçilar emas. Asosiysi - ularning özaro «kimyosi». Katanes jamoasida deyarli bir xil sxema va bir xil futbolçilar öynardi. Ular közini yumgan holda ham keyingi pas kimga borişini, şerigi qayerda oçilişini bilardi.

Yangi jamoaga vaqt kerak. Kannavaroga ham, futbolçilarga ham. Yangi va eski futbolçilar bir-birini tuşunib olişi zarur. Töpni qabul qilayotganda keyingi harakatini oldindan bilişi kerak. Biz Koreya va Yaponiyadan aynan maydonda fikrlaş tezligi böyiça ham ortdamiz.

Maşaripov, Şukurov va boşqalar termaga qaytadimi?

Yaxyoxöja Uluğxöjayev: Bu yiğinda avvalgi jamoa liderlaridan Ötkir Yusupov, Otabek Şukurov, Jaloliddin Maşaripov, Rustam Aşurmatov, Oston Örunov, Igor Sergeyev va boşqa bir qator futbolçilar çaqirilmadi. Ularning milliy jamoada hali kelajagi bormi yoki Kannavaro şu tarkib bilan Osiyo kubogiga boradimi?

Bobur Akmalov: Eʼtibor bersak, hozir çaqirilmagan futbolçilarga ehtiyojni qattiq his qilmayapmiz. Birorta pozitsiyada «falonçi bölganida edi» degan fikr tuğilmadi.

Maşaripovni ham, Otabekni ham, Sergeyevni ham nazarda tutyapman. Sergeyev ayrim öyinlarda boşqaça tipdagi hujumçi sifatida kerak bölişi mumkin. Lekin hozirgi futbolçilar örniga albatta falonçi bölişi şart edi, degan fikr yöq.

Abbos bor, Ğaniyev bor, Mozgovoy bor, markazda Hamrobekov. Yangi jamoa şakllanyapti.

Lekin bizga köp xizmat qilgan, jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritişda hissasi bölgan tajribali futbolçilar uçun eşik yopilgan emas. Kannavaro ham eşik hamişa oçiqligini aytdi.

Otabek ham, Jaloliddin ham, Igor ham qaytişi mumkin. Bu endi ularning öziga boğliq. Agar özini yana motivatsiya qila olsa, «milliy jamoada hali işim bor» deb hisoblasa, istalgan yoş futbolçiga raqobatçi böla oladi.

Hali heç kim ularning ustidan çiziq tortgan emas.

Yaxyoxöja Uluğxöjayev: Bu futbolçilar uzoq yillar milliy jamoada öynagan va ularning şaxsiy muxlislari ham köp. Şuning uçun «nega u yöq, nega bu yöq?» degan savollar böldi.

Lekin uşbu yiğindagi uçta öyin bir narsani körsatdi: termaga yangi kirib kelayotgan futbolçilar berilgan kiçik imkoniyatdan maksimal foydalanişga harakat qilyapti. Xuddi bu ularning sönggi imkoniyatidek.

Şuning uçun tarkib juda tez yangilanyapti. Bugun mağlub böldik, ayrim kamçiliklar bor. Ammo öşa kamçiliklarni muhokama qilayotganda «bu pozitsiyada çaqirilmay qolgan falon futbolçi bölganida muammo hal bölardi», deya olmayapmiz.

Faqat darvozabon pozitsiyasi eng oğriqli nuqta bölib qolyapti. Eng yomoni, bu yerda ham «falonçi bölganida edi» deb aytadigan aniq nomimiz yöq.

«Darvozabon böyiça eksperimentni hozir qiliş kerak»

Yaxyoxöja Uluğxöjayev: Kannavaro darvozabonlarga imkoniyat berişini köp aytadi. Jahon çempionatida ham Ötkir Yusupov bir öyindan keyin almaştirilganida buni murabbiy qarori ekanini aytgandi.

Kannavaro esa «uçta yaxşi darvozabonimiz bor, hammasiga imkoniyat berişni istayman» degandi. Ammo uçinçi darvozabonni keyingi öyinda ham tuşirmadi.

Hozir ham şunday savol bor: nega Edem sinab körilmayapti?

Darvozabonlar inqirozi bölsa, uni aynan hozir sinab köriş kerak. Keyingi yiğinda keç bölişi mumkin. Çunki noyabr va dekabrdagi yiğinlar Osiyo kubogi oldidan hal qiluvçi bosqiç böladi. Öşa paytga kelib Kannavaro asosiy tarkibini belgilab olgan bölişi kerak.

Bekzod Isayev: Edemning yana bir qiziq jihati bor: maşğulotlarda u faqat darvozabonlar bilan emas, maydon futbolçilari bilan ham köp işlayapti. Uni yangi avlod darvozaboni sifatida körayotgan mutaxassislar bor. Undan ham, Samandardan ham umid qilamiz.

5-2-3 dan 4-3-3 ga: Kannavaroning Özbekistoni qanday böladi?

Bekzod Isayev: Biz uzoq vaqt işlatgan 5-2-3 sxemasidan 4-3-3 ga ötayotgandekmiz. Bu özgarişning ijobiy va salbiy tomonlari nimada?

Bobur Akmalov: Men hozirça faqat ijobiy tomonlarini köryapman. Jamoaning öyinida rang-baranglik, hujumkorlik paydo böldi.

Avvalgi sxema Kannavaroning asosiy işçi sxemasi emas edi. U jahon çempionatiga oz vaqt qolganda jamoani qabul qilib oldi va Katanes tört yil davomida qurgan tizimni radikal özgartirib yubormaslikka qaror qildi. Öşa futbolçilar, öşa sxema bilan davom etdi.

Endi esa uning özi xohlagan futbol, özi xohlagan sxema va özi tanlagan futbolçilarni köryapmiz.

Husniddin Aliqulov qaytsa, himoya yanada yaxşilanadi. Himoyani boşqarişda uning örni bilinyapti.

Yangi sxema bilan jamoa avvalgidan hujumkorroq. Töp köproq bizda, vaziyatlar köproq yaratilyapti. Koreya bilan öyin statistikasi ham buni körsatdi.

Kannavaro bora-bora aynan şu sxemaga mos futbolçilarni çaqiryapti. Tört himoyaçi bilan öynaşni biladigan futbolçilar keladi, markaz va hujumda ham xuddi şu prinsip işlaydi.

Şuning uçun men bu özgarişda hozirça plyus köryapman.

Kannavaroning yana bir yaxşi jihati bor. U juda kuçli yoki juda tajribali mutaxassis emasligini uning kelişidan oldin ham aytganmiz. Ammo u keldi va bu endi voqelik. Biz ham uning Özbekistonda muvaffaqiyat qozonişini xohlaymiz.

Uning matbuot anjumanlaridagi munosabatiga ham eʼtibor berdim: hozirgaça birorta futbolçisini omma oldida yomonlamagan. Kimnidir tarkibdan çiqarsa ham, uning kamçiliklarini sanab ötirmaydi. Qöl ostidagi futbolçilarini imkoni boriça himoya qiladi.

Bekzod Isayev: Kannavaro Kun.uz’ga bergan intervyusida ham qiziq fikr aytgandi. Jahon çempionatidan keyin uning maoşi, ştabi, öyin uslubi, hatto mehmonxonadagi hayotigaça muhokama qilinganini sanab ötdi.

Keyin: «Men bitta narsadan xursand böldim - terma jamoamga heç qanday gap tegmadi. Hamma zarbani men qabul qildim, şogirdlarim esa zarba olmadi», dedi.

Bu uning futbolçilarini himoya qilişga qanday munosabatda ekanini körsatadi.

Yaxyoxöja Uluğxöjayev: Kannavaro Özbekistonga kelganida ham uç markaziy himoyaçi bilan öynagan paytlari bölgan. Ammo Katanes uslubidan farqli ravişda futbol hujumkorroq edi. Kombinatsiyalar bor edi, öyin faqat «Şomurodovga pas bering, u tezligi bilan ketadi» degan sxemaga qurilmagandi.

Jahon çempionati oldidan esa boşqa vaziyat yuzaga keldi. Bu Özbekistonning ilk mundiali edi, hamma qarab turgandi. Uslubni keskin özgartiriş uçun vaqt kam edi. Şu sabab işlab turgan tizimni saqlab qoliş qarori qabul qilindi.

Ammo endi öylab qarasak, ehtimol, bu xato bölgan.

Faqat himoya haqida öylaydigan jamoa ğalabadan köra mağlubiyatga yaqinroq turadi. Hujum qiladigan jamoa esa gol urib, ğalaba qozonişi mumkin. Zamonaviy futbol buni köp marta körsatgan.

Hozir biz hujumkor öynayapmiz. Ikkita öyinni yutdik. Koreyaga qarşi esa mağlub böldik.

Mening bitta xavotirim bor: endi kimdir Kannavaroga «hujumkor futbol bilan kuçli jamoani baribir yuta olmadik» degan xulosani singdirib, uni yana himoyaviy futbolga qaytarib qöymasligi kerak.

Çunki bugun faqat himoyani öylaganimizda, Koreya bilan hatto tengma-teng öynay olmasdik. Koreyada Koreyaga qarşi töp nazoratida deyarli teng körsatkiç qayd etişimizni kim öylabdi?

Bekzod Isayev: Agar ayrim futbolçilarning individual xatolarini çetga çiqarsak, statistikada ham, taktik, jismoniy va ruhiy jihatdan ham Koreya bilan teng öynagan pallalarimiz böldi.

Ammo tez ötkazib yuborilgan gol rejamizni özgartirib yubordi. Biz özimizga qulay bölgan qarşi hujum futbolini öynay olmadik. Öyin boşidan tezkor raqibni quvişga majbur böldik.

Hozirgi Özbekiston terma jamoasi haqida yakuniy xulosa çiqarişga hali erta. Ammo bitta narsa aniq: jamoa özgaryapti. Endi bu özgariş Osiyo kubogigaça qay darajada tayyor tizimga aylanişi - Kannavaroning eng katta imtihoni böladi.