Klimkin 9-oktabr kuni DW’ga bergan intervyusida AQŞning Janubiy Koreyadagi mavqei va aloqalari kelişmovçilikni yumşatişga yordam berişi mumkinligini aytgan.
«Masalan, amerikaliklarni jalb qiliş mantiqiy qadam bölardi. Ularning u yerdagi mavqei ança yaxşi, kim bilan gaplaşişni bilişadi. Ular bu işni juda yaxşi, hatto mohirona bajara oladi», - degan sobiq vazir.
Uning fikriça, boşqa hamkorlar ham yordam berişi mumkin, biroq Klimkin ularning nomini oçiqlamagan. Bunday kömak yaqin istiqbolda natija berişi mumkinligini qayd etgan.
Sobiq vazir Ukrainaning hamkorlari jarayonga allaqaçon jalb etilgan bölişi mumkinligini ham istisno qilmagan. Biroq bu haqda işonçli maʼlumotga ega emasligini taʼkidlagan.
Klimkin Ukrainaning Seulda bir yildan ortiq vaqtdan buyon elçisi yöqligini salbiy holat deb baholagan. Uning aytişiça, Janubiy Koreya Rossiya bilan munosabatlarda murakkab yondaşuvga ega: ayrim sohalarda hamkorlikni çeklaşga, boşqalarida esa davom ettirişga intilmoqda.
Sobiq vazir Kiyev va Seul hali xavfsizlik sohasidagi hamkorlik hamda vizasiz tartib kabi muhim masalalarda kelişuvlarga erişmaganini ham aytgan.
Diplomatik mojaro Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning 23-sentabr kuni BMT Boş Assambleyasidagi bayonotidan keyin boşlangan. U 2025-yil yanvarda Kursk viloyatida Ukraina asirligiga tuşgan ikki nafar şimoliy koreyalik harbiy Janubiy Koreyaga topşirilganini eʼlon qilgan.
Seul tomonlar bu maʼlumotni oşkor qilmaslikka kelişganini bildirib, Kiyevdan uzr söraşni talab qilgan.
Ukraina Taşqi işlar vazirligi esa tomonlar kelişuvni turliça tuşungan, degan pozitsiyani bildirgan. Vazir Andrey Sibixa bahs ommaviy bayonotlar darajasiga çiqqanidan afsuslanganini aytgan.
Janubiy Koreya taşqi işlar vaziri Ço Xenning taʼkidlaşiça, Ukraina TIVning uzri Seul kutgan darajada bölmagan. Şundan söng, 8-oktabr kuni Janubiy Koreya Kiyevdagi elçisini çaqirib olişga qaror qilgan.

















