«Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi» formatidagi birinçi sammit doirasida Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva 16-sentabr kuni Koreya Respublikasi Birinçi xonimi Kim Xe Gyon va Qirğiziston Birinçi xonimi Aygul Japarova bilan birgalikda «Çong Va De» qarorgohida ötkazilgan madaniy dasturda iştirok etdi.

Dastur avvalida Birinçi xonimlar anʼanaviy çoy marosimi davomida madaniy muloqotning, milliy anʼanalarni asrab-avaylaşning hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Koreya Respublikasi örtasidagi gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlaşning ahamiyati yuzasidan fikr almaşdilar.

Şundan söng yuqori martabali mehmonlarga Koreyaning boy madaniy merosi bilan taniştiruvçi konsert dasturi namoyiş etildi. Dasturdan anʼanaviy koreys raqslari va musiqiy asarlar örin oldi.


















