Britaniyalik milliarder Riçard Brenson tovuşdan tez uçuvçi yölovçi avialaynerini işlab çiqarayotgan Amerikaning Boom kompaniyasini qöllab-quvvatlaşini ma'lum qildi. Guardian naşri şu haqida xabar berdi. 

Virgin Group korporatsiyasi asosçisi Brensonning ma'lum qilişiça, uning Virgin Galactic Spaceship Company kompaniyasi bölimi Boom'ning yangi avlod tovuşdan tez uçuvçi avialaynerlari qurilişi böyiça "loyiha-konstruktor böyiça hamda işlab çiqariş xizmatlarini taqdim etadi, şuningdek parvoz sinovlarini qöllab-quvvatlaydi". 

"Men ançadan beri aerokosmik innovatsiyalar va tezkor tijorat parvozlariga qiziqaman. Virgin Galactic kosmik sohada novator hisoblanadi. Biz ilk 10 korpusni qölga kiritişda yordam beruvçi Boom bilan şartnoma imzolaganimizdan xursandmiz", - deya Brensonning sözlarini keltiradi naşr. 

Boeing va Lockheed Martin kompaniyalari ham yuqori tezlikda pavroz qiluvçi samolyotlarni işlab çiqarişadi. Boom kompaniyasi asosçisi Bleyk Şollning fikriça, Brenson iştirokida işlab çiqarilayotgan loyiha bozorga ertaroq çiqişi mumkin, zero unda boşqaruv organlarining ruxsati talab etiladigan yangi texnologiyalar qöllanmaydi. 

Manbaga köra, Şollning tez orada Kolorado ştati, Denver şahridagi angarda joylaşgan samolyot prototipini namoyiş qilişi kutilmoqda. Sinov parvozlarini Janubiy Kaliforniyada ötkaziş rejalaştirilmoqda. Ilk tijorat reyslari 2023 yildan yölga qöyiladi. 

Mart oyida Boom kompaniyasining soatiga 2700 kilometr tezlikda harakatlanuvçi tovuşdan tez uçuvçi samolyot quriş rejasi haqida xabar berilgandi.

Ma'lumotlarga köra, bu samolyot kompozit materiallardan işlanadi, unda birinçi toifa uçun standart bölgan 40 ta yölovçi kreslosi böladi. Parvoz 20 ming metr balandlikda amalga oşiriladi.