Reuters xabariga köra, sertifikatlaş jarayonining yakunlanişi Boeing uçun muhim bosqiç böldi. Kompaniya 2020-yillar boşidan beri MAX 10ʼga sertifikat olişga harakat qilib kelayotgan edi, biroq samolyotni bozorga çiqariş muddati bir neça bor surildi.
Boeing yangi modelni moliyaviy tiklanişining muhim manbalaridan biri sifatida körmoqda. Aviatsiya sohasiga ixtisoslaşgan IBA tahliliy kompaniyasi maʼlumotlariga köra, aviakompaniyalar MAX 10 uçun 1550 dan ortiq buyurtma bergan. Uşbu model Boeinğning 737 oilasi böyiça hali bajarilmagan buyurtmalari portfelining 31 foizini taşkil etadi.
MAX 10 kompaniyaning tor fyuzelyajli yölovçi samolyotlari bozorida Airbus bilan raqobatida ham muhim örin tutadi. Sertifikatlaşdagi keçikişlar davrida Yevropa işlab çiqaruvçisining A321neo modeli yirik tor fyuzelyajli samolyotlar segmentida öz mavqeyini mustahkamlagan.
Yangi laynerning asosiy buyurtmaçilari orasida United Airlines, Alaska Airlines, Ryanair, Delta Air Lines va American Airlines bor. Köproq yölovçi taşiş imkoniyati uşbu aviakompaniyalarning parkni rivojlantiriş rejalari uçun ahamiyatli hisoblanadi.
Boeing allaqaçon bir neçta MAX 10 samolyotini qurib qöygan. Ular buyurtmaçilarga yetkazib berilişini kutmoqda.













