Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko AQŞ prezidenti etib saylangan Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlaşdi. Tomonlar suhbat davomida aloqalarni davom ettirişga kelişib oldilar. Bu haqda Ukraina prezidenti saytida ma'lum qilindi.
"Poroşenko Donald Trampni prezidentlik saylovlaridagi ğalabasi bilan tabrikladi va AQŞning yangi ma'muriyati bilan strategik hamkorlikni mustahkamlaş yölida faol hamkorlik qilişga tayyorligini bildirdi", deyilmoqda xabarda.
Ta'kidlanişiça, Poroşenko "Rossiya tajovuziga" qarşi Ukrainaning Vaşington tomonidan qat'iy qöllab-quvvatlanişi davom etişi muhimligini ta'kidlab ötgan. Ukraina prezidenti, şuningdek, Trampni istalgan qulay vaqtda Ukrainaga taşrif buyurişga taklif qildi.












