Elektrli va gibrid avtomobillarning yöllarda harakatlanganda şovqin çiqarmasligi ham muammoga aylanmoqda. Aslida, haddan ortiq şovqin bölgan şahar va megapolislarda buning nimasi yomon?, degan savol paydo bölişi tabiiy. Biroq, AQŞ Yöl harakati xavfsizligi milliy departamenti (NHTSA)ning xabar qilişiça, bular yaqinlaşib kelayotgan elektrokarni eşitmagani uçun piyodalar bilan yöl-transport hodisalarini köpaytirişi mumkin. Köriş qobiliyati çeklanganlar bilan vaziyat yanada oğirdir. 

Şu munosabat bilan, departament federal xavfsizlik standartiga 141-sonli qöşimça kiritdi. Unga köra, gibrid va elektr avtomobillar işlab çiqaruvçilar öz mahsulotlariga oddiy avtomobillarga xos şovqin çiqaradigan qurilma joylaştirişlari talab etiladi. 

Şunday qilib, 2018 yil 1 sentabriga qadar, barça yangi işlab çiqilgan gibrid va elektrokarlarning yarmi talabga muvofiq jihozlanişi kerak. Undan söngra, bir yil içida işlab çiqaruvçilar barça mahsulotlarini talabga mos ravişda xaridorlarga yetkazib berişlari lozim böladi. 

Hisob-kitoblarga köra, yangi çora yiliga piyodalar iştirokida sodir böladigan 2400ga yaqin avtohalokatning oldini olişi mumkin.