Şanxay politsiyasi inson ölimiga olib kelgan yöl-transport hodisasini sodir etgan yuk maşinasi haydovçisini oradan 19 yil ötgaç qölga oldi, deb yozmoqda Shanghai Daily naşri.
Avtohalokat 1997 yil 12 noyabrda Şanxay tumanlaridan birida yuz bergan edi. Öşanda, Çen Bantsin yuk maşinasida velosipedda ketayotgan ayolni urib ketgandi. Biroq, voqea joyiga yetib kelgan politsiya jinoyat sodir etgan haydovçining qoçib ketganini aniqlagan. Şu yillar mobaynida politsiya jinoyatçini samarasiz qidirgan.
2016 yil boşidan politsiya haydovçini internet orqali topişga uringan hamda Anxoy viloyati huquq idoralari hamkorligida Çen Bantsinni aniqlaşga muvaffaq bölgan.
"Şu yillar mobaynida men tungi qörquvlar qurşovida yaşadim. Bunaqa vijdon azobi bilan yaşagandan köra, öşa ayolning örniga ölib ketganim yaxşi edi", — degan haydovçi.
Hozirda, u YTH böyiça ayblov e'lon qilinişini kutmoqda. Unga 10 yilgaça qamoq jazosi tayinlanişi mumkin, deb yozadi gazeta.












