Şvetsiya banki yaqin ikki yil içida mamlakatda "ekrona" deb ataluvçi elektron valyuta kiritiş masalasini körib çiqmoqda, deb ma'lum qilmoqda Business Insider. Riskbank deb atalgan taşkilot rahbari örinbosari Sesiliya Skinsli Financial Times’ga bergan intervyusida, Şvetsiya markaziy bankini mamlakatda işlatiladigan naqd pulning falokatli tarzda kamayib ketgani bunday qilişga majbur qilmoqda. 2009 yildan beri mamlakatda muomalada bölgan tangalar va qoğoz pullar miqdori onlayn-xarid va tölovlarning bank kartalari yordamida amalga oşirilişi miqdori ösişi sababli 40 foizga kamayib ketgan.   

Şu sababli bank pul emissiyasining boşqa qanday yöllarini işlatişi mumkinligi haqida öylanib qolgan. Skinslining aytişiça, bu 300 yil avval qoğoz pullarning paydo bölişi bilan taqqoslanadigan inqilobdir. 

Ayni vaqtda Şvetsiyadagi banklar elektron pullarga kirişni markaziy bank yordamida taqdim qiladi, agar Şvetsiya elektron kronni joriy qilsa, bu foydalanuvçilar virtual pullarga bevosita kirişga ega böladigan birinçi holat böladi. Darvoqe, aynan Riskbank 1660 yilda qoğoz pullarni muomalaga çiqargan birinçi bank bölgan.