Azaldan ota-bobolarimiz Buyuk ipak yölida joylaşgan Xitoy davlati bilan döstona aloqada bölib kelgan. Qadimiy Movarounnahr va Çin yurti örtasidagi özaro savdo-sotiq aloqalari, yaqin hamkorlik munosabatlari, madaniy hayotdagi yaqinligi bugungi şaroitda ular örtasidagi döstlik va hamkorlikni yangiça körinişda rivojlantirib, mustahkamlaşga töliq asos böla oladi. Bugungi kunda bu hamkorlik munosabatlari yangi mazmun bilan boyib, barça sohalarda izçil rivojlanmoqda. 

Birgina, Xitoyda ötkaziladigan “Canton Fair” Xalqaro körgazmasi ham davlatlar örtasidagi hamkorlikning yana bir körinişidir. Yurtimiz tadbirkorlarining har yili bu yarmarkada faol iştirok etib, joriy yilda ham yoş tadbirkorlardan iborat “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati delegatsiyasi 28 oktabr - 7 noyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasida bölib qaytdilar.

Qisqaça Kanton yarmarkasi deb nomlanadigan uşbu körgazmada Xitoy dunyoga öz eşiklarini oçib, işlab çiqariş salohiyatini taklif etadi. Körgazma Guançjou şahrida bir yilda ikki marotaba – bahor va kuzda ötkaziladi. Kanton körgazmasi özining 59 yillik tarixi davomida xalqaro savdoning majmuaviy va tantanali körgazmasiga aylandi. Xitoyning xalqaro savdo körgazmalari orasida bu körgazma eng köp yillik tarix, eng yuqori daraja hamda eng yirik miqyos va mahsulotlarning eng katta assortimentiga ega. Körgazmaga dunyoning köplab davlatlari va mintaqalaridan köp sondagi tadbirkorlar taşrif buyuradi hamda hamkorlik bitimlari tuziş böyiça eng samarali körgazma hisoblanadi. 2007 yildan bu körgazmada nafaqat Xitoy kompaniyalari, balki boşqa davlatlar vakillari ham iştirok etişlari mumkinligi belgilab qöyilgan, bu esa taşqi savdoning rivojlanişiga kömak bermoqda.

120-marotaba bölib ötgan Xalqaro körgazmaning Özbekistondagi delegatsiya tarkibiga “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati tomonidan ötkazilgan tadbirkorlik loyihalarida iştirok etib, hozirda tadbirkorlik faoliyatini muvaffaqiyatli boşlagan 12 nafar yoş tadbirkor va 2 nafar Harakatning Markaziy Kengaşi mas'ul xodimlari kiritildi.

Delegatsiya dastlab, Xitoyning Pekin şahrida bölib, safar dasturiga asosan iştirokçilarning Buyuk Xitoy devoriga sayohati uyuştirildi. Undan söng delegatsiya Guançjou şahridagi yirik işlab çiqariş korxonalari, import va eksport mahsulotlarining “120-Santon fair” xalqaro körgazmasida iştirok etdi. 

“200 ta davlatdan 200 mingga yaqin tadbirkorlar iştirok etadigan uşbu Xalqaro körgazmada har yili rasmiy delegatsiyalari tarkibida 300 ga yaqin özbekistonlik yirik tadbirkorlar ma'lumotlar almaşiş va döstona hamkorlik yuritiş maqsadida taşrif buyuradilar. Yurtimiz tadbirkorlarining har yili bu yarmarkaning ikkala sessiyasida ham faol iştirok etişlarini alohida ta'kidlab ötiş joiz. Bu yilgi körgazmada esa “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati tomonidan ötkaziladigan “Yoş tadbirkor – yurtga madadkor” loyihasi hamda “Mening biznes ğoyam” tanlovida ğolib bölgan yoş tadbirkorlarimiz uçun tajriba almaşiş imkoni yaratildi. Bu ham bölsa yoş tadbirkorlarimizga e'tibor yildan-yilga ortib borayotganidan dalolatdir”, deydi “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengaşi xodimi Feruz Ablayarov.

Yoş tadbirkorlar körgazma doirasida trikotaj va oyoq kiyim işlab çiqariş asbob-uskunlari va mahsulotlari, idora mollari, tibbiyot jihozlari, dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari bilan yaqindan tanişdilar. Şuningdek, öndan ortiq yirik işlab çiqariş korxonalariga taşrif buyurib, uşbu mahsulotlarning işlab çiqariş jarayonlari va yangi texnologiyalari töğrisida ma'lumot oldilar. 

Xususan, ““Guangzhou Huahao nonwoven fabric Co.,Ltd”, “Italy bosline clothing Co., Ltd”, “Guangzhou KYPAL Garment Co. Ltd” (tikuvçilik mahsulotlarini işlab çiqariş), ““Huainan liyuan sports goods Co.,Ltd”, “Shenzhen LDK industrial Co., Ltd”, “Qingdao Ableman Leisure Sports Goods Co. Ltd” (sport mahsulotlarini işlab çiqariş), “Guangzhou Qingfeng Electronics Co. Ltd” (zamonaviy atraktsionlar işlab çiqariş) hamda oziq-ovqat va tibbiyot mahsulotlari işlab çiqariş kabi öndan ortiq korxonalarga tajriba almaşiş va yangi işlab çiqariş texnologiyalarini örganiş maqsadida sayohatlar taşkil etildi.

Taşrif yakunida yoş tadbirkorlar tomonidan xorijiy korxonalar bilan birgalikda hamkorlikni yölga qöyiş böyiça kelişuvlar belgilandi.

“Men “Yoş tadbirkor – yurtga madadkor” loyihasida ğolib bölganimdan söng imtiyozli kredit olib, dori vositalarini işlab çiqarişni yölga qöydim. Hozirda korxonamizda 7 turdagi dori vositalari işlab çiqarilmoqda va bu faoliyat turimni yanada kengaytiriş istagidaman. Xalqaro körgazmada iştirok etişim faoliyatdagi tajribamni yanada orttirişga xizmat qildi. Endilikda xorijiy korxonalardan biri bilan dori vositalarini işlab çiqarişni rivojlantiriş böyiça, yangi texnologiyalarni olib keliş borasida hamkorlik qiliş niyatidaman”, deydi navoiylik yoş tadbirkor Şohrux Şaropov.

Namanganlik yoş tadbirkor Akbar Ziyabayev ham “120-Canton fair” xalqaro körgazmasidan katta taassurotlar bilan qaytdi: “2014 yilda Namangan şahrida sport va meditsina jihozlari işlab çiqariş böyiça tadbirkorlik faoliyatimni boşlaganman. Xalqaro körgazmada aynan Xitoy tajribasini örganiş imkoniga ega böldim. Ya'ni, sport mahsulotlarini işlab çiqaradigan “Qingdao Ableman Leisure Sports Goods Co. Ltd” korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanişib, korxona rahbari bilan kelgusida istiqbolli şartnoma imzolaşga kelişib oldik. Bu ham bölsa mahsulotlarimizning yanada sifat jihatdan yaxşilanişiga xizmat qilişiga işonaman”.

Bir söz bilan “120-Canton fair” xalqaro körgazmasi yurtimiz yoş tadbirkorlari uçun tajriba va taassurot ulaşib, yangi rejalarga turtki böldi, deyiş mumkin. Milliy qadriyatlarni özining hayot tarzida aks etgan xalqning tadbirkorlik sohasida ham kelajagi buyukdir. Şunday ekan, yurtimiz yoş tadbirkorlari nafaqat Xitoy balki, boşqa dunyo mamlakatlari bilan ham samarali hamkorlik aloqalarini izçil olib boradilar.

Şohida Eşmamatova
Respublika yoşlar tadbirkorligini 
qöllab-quvvatlaş Markazi 
xodimi