AQŞ milliy razvedkasi direktori Jyeyms Klepper AQŞ kongressidagi yiğilişda  iste'foga çiqişga ariza berganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

"Men keça iste'foga çiqiş haqida ariza berdim", deb aytgan Klepper.

Klepperning aytişiça, hozirda AQŞ uning 50 yildan köproq faoliyatidagi "eng jiddiy çaqiriqlarga duç kelmoqda".

Bundan taşqari, Klepperning ma'lum qilişiça, u hozirgi lavozimida işlaşiga yana 64 kun qolgan. 

Yiğilişda iştirok etgan Pentagon rahbari birinçi örinbosari Robert Uork AQŞ mudofaa vazirligida Klepperning arizasini körişgani, biroq "uni yöqotib qöyişganini" aytib hazillaşgan. "Biz, albatta, sizning qolişingizni istaymiz", deb aytgan Uork.

AQŞ milliy razvedkasi direktori lavozimi 2001 yil 11 sentabrdagi teraktlardan keyin AQŞ maxsus xizmatlari faoliyatini katta kölamda isloh qiliş doirasida yaratilgan edi.