AQŞ milliy razvedkasining sobiq rahbari Jyeyms Klepper Qöşma Ştatlar prezidenti Donald Trampning Finiksda öz tarafdorlari oldida qilgan çiqişini tanqid qilib, uni “juda ham qörqinçli” deb atadi. Bu haqda Independent naşri yozmoqda.

Klepper ta'kidlaşiça, “Trampning bir qadar noodatiy bayonotlari, uning öz lavozimini tark etişiga sababçi bölişi mumkin”.

“Men haqiqatdan ham u bu lavozimni egallaşga qodir ekaniga şubhadaman hamda uning motivatsiyasi haqida öylaşni boşlayapman. Balki, u çiqiş yölini izlamoqda», - deya ma'lum qildi Klepper.

U Trampda yadro qurolidan foydalaniş imkoniyati borligidan taşvişda ekanini ham bildirgan.

Avvalroq Donald Tramp Finiksdagi çiqişi davomida Amerika hukumatini yopib qöyiş bilan tahdid qilgandi.