Xitoyning "Şençjou-11" kosmik kemasi kapsulasi Xitoy şimolidagi Içki Möğuliston muxtor tumani hududiga muvafaqqiyatli qöndi. U ikki nafar xitoylik fazogirlarni Yerga olib tuşgan, deb xabar qilmoqda Xitoy markaziy televidiniyesi.
Yerga qöniş belgilangan tartibda amalga oşgan. Ikki fazogirning salomatligi me'yorida ekani aytilmoqda. Xitoy fazoviy parvozlari dasturi rahbari general Çjan Yusya "Şençjou-11"ning muvaffaqiyati haqida rasman e'lon qilgan.
"Tyangun-2" orbital laboratoriyasi 15 sentabrda fazoga uçirilgan edi. 17 oktabrda unga "Şençjou-11" uçirildi. Fazogirlar Tszin Xaypen va Çen Dun fazo modulida 30 kun bölib, turli tajribalar ötkazişgan. Ular Yerga qaytgani sababli, "Tyangun-2" mustaqil ravişda faoliyat körsatadi.












