Janubiy Koreya avtomobil gigantining yangi modeli Xitoy bozori uçun maxsus işlab çiqilgan. Şu bois, uning rasmiy taqdimoti ham Guançjou avtokörgazmasida bölib ötdi.

Celesta deb nomlangan sedan suratlarini Autohome naşri havola qilgan. Uning dizayni brendning yangi korporativ uslubida işlab çiqilgan. Ammo, xitoylik mijozlar xohiş-istaklari ham e'tiborga olingan. 

Hyundai Celesta Xitoy bozoriga 1,6 litr hajmli, 123 ot kuçiga ega benzinli dvigatel bilan çiqariladi. Unga olti bosqiçli «mexanik» yoki «avtomat» uzatmalar qutisi örnatiladi. 

Hozirça, Celesta sedanini savdosi qaçon boşlanişi, uning narxiga oydinlik kiritilmagan.