Kolumbiyalik sobiq hujumçi, terma jamoaning afsonaviy yulduzi Faustino Asprilya «Real»da öynayotgan Xames Rodriges haqidagi fikrlarini bildirib ötdi.

Ispaniya naşrlarida bundan oldinroq yetarli öyin amaliyotiga ega bölmayotgan bu kolumbiyalik futbolçining «Qirollik klubi»dagi istiqboli muhokama etilgandi.

Asprilyaning hisoblaşiça, uning vatandoşi «qaymoqranglilar»ning yetakçisi Kriştianu Ronaldu bilan yaqin munosabatda bölmasligi kerak.

«Rodriges - mening döstim. Xames menga yoqadi va uni hurmat qilaman. Ammo Kriştianu Ronaldu bilan döstligi uni zarariga işlamoqda. Xames terma jamoada özini Ronaldu kabi tutmoqda.

U Ronaldudan örnak olmasligi kerak. Kolumbiya terma jamoasida kimdir unga töpni oşirmasa, xuddi Ronalduga taqlid qilib, butun olamga ğazabini soçmoqda. Bu juda xunuk körinadi. 

Hakamlar yoki raqiblar bilan bahslaşişni tuşunsa böladi, ammo öz jamoadoşlaring bilan bunday qiliş yaramaydi. Töpni oşirmagani uçun bahslaşiş orqali janjal kelib çiqişi ham mumkin. Bu yaxşimas. Xames buni Ronaldudan örganib olgan», deya Asprilyaning sözlarini keltirgan ESPN.

Primeraning 11 turidan keyin Rodriges 5 uçraşuvda maydonga tuşgan va şundan 2tasida öyinni asosiy tarkibda boşlagan. U bu uçraşuvlarda bitta gol urib, 2 marta golli pas muallifi bölgan.