Milanning «Inter» jamoasi Madridning «Real» jamoasi yarim himoyaçisi Xames Rodriges hamda «Monako» himoyaçisi Fabinoga qiziqiş bildirmoqda.

Corriere dello Sport naşri xabariga köra, «Inter» sport direktori Pero Auzilio bu futbolçilarning agenti bölmiş Jorjye Mendeş bilan uçraşgan. Xames yozda «Real»ni tark etişi ehtimoli yuqori. Ispanlar klubi uning transferi orqali 60 million yevro işlab olişni möljallagan. «Monako» Fabino uçun 30 million yevro talab qiladi. Milanliklar klubining xitoylik xöjayinlari bu transferlar uçun yetarli mablağni ajratişga tayyor.

Joriy mavsumda 23 yoşli Fabino «Monako» safida 48 uçraşuv ötkazdi va 11 gol urib, 5ta golli uzatma muallifi böldi. 25 yoşli Xames Rodriges esa «Real» uçun 27 öyinda maydonga tuşib, 6 gol urgan hamda 13 golga uzatma bergan.