Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xames «Real»dan ketishi haqidagi xabarlarga uzil-kesil javob qaytardi
«Real» jamoasining kolumbiyalik yarim himoyachisi Xames Rodriges Ispaniya Kubogining 1/8 finalida «Sevilya»ga qarshi kechgan va 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan birinchi uchrashuvdan keyin jurnalistlar bilan gaplashdi.
Uchrashuvda dublga erishgan kolumbiyalik futbolchi yanvarda madridliklar klubini tark etishi haqidagi xabarlarni butunlay inkor etgan.
«Jamoamizdagi hamma futbolchi o‘ynashni istaydi, ulardan bir qismi qiyin davrni boshdan kechirishdi. Ammo yangi yil boshlandi. Men «Real»da qolaman.
Men shunchaki yaxshi o‘ynashni istayman va menga bunday imkoniyat berilmoqda. Men xuddi bugungidek jamoaga yordam berishni istayman.
Bu ajoyib natija, bizni javob uchrashuvi kutib turibdi. Bu o‘yinga maksimal e'tibor bilan yondashishimiz kerak», deya Xamesning so‘zlarini keltirgan Marca.
Primeraning 16 turida Rodriges 8 uchrashuvda qatnashdi (shundan 4tasida asosiy tarkibda) va bir gol urib, yana 2 golga hammualliflik qildi.
Xames «Real»da nega yo‘qolib qoldi? Futbolchining Madriddagi tarixi
Mavzuga oid
22:33 / 12.01.2026
«Real» Alonsoni ishdan bo‘shatdi: klasikodagi mag‘lubiyat kechirilmadi
13:35 / 05.01.2026
«Siti» va «Liverpul» yana ochko yo‘qotdi, «Real»da yangi yulduz porladi
11:04 / 21.12.2025
Mbappe Ronalduning rekordini takrorladi, Holand yangiladi. Kun o‘yinlari
14:40 / 15.12.2025