Hindiston şimolidagi Uttar-Pradeş ştatida tezyurar poyezdning halokatga uçraşi oqibatida halok bölganlar soni 142 kişiga yetdi, 200 nafardan ortiq kişi jarohat oldi. Bu haqda The Indian Express naşri xabar tarqatdi.
Bundan avvalgi xabarlarda halokat oqibatida halok bölganlar soni 133 kişiga yetgani haqida aytilgandi. Keyingi 6 yilda kuzatilgan eng talofatli halokatga relsdagi nuqson sabab bölgani taxmin qilingan.
Eslatib ötamiz, 20 noyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 03:00da Kanpur şahridan 100 km masofada Puxrayan stansiyasi hududida 2 ming kişini olib ketayotgan 23 vagondan iborat Indor—Patna tezyurar poyezdi halokatga uçradi. Poyezd örta tezlikda harakatlanayotgan bölgan, 14 vagon ağdarilgan. Qayd etilişiça, vagonlarning aksari zamonaviy xavfsizlik talablariga javob bermaydigan holatda edi.












