Tailand şimolida joylaşgan Uttaradit provinsiyasida şaharlararo qatnaydigan avtobusning toğ qiyaligidan qulab ketişi oqibatida 17 kişi halok böldi, 20 kişi turli darajada jarohat oldi. Bu haqda mamlakatning Uçinçi milliy telekanali xabar bermoqda.
Avariya 22 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan 10.00 (Toşkent vaqti bilan 8.00)da yuz bergan. Salonida 40 nafar yölovçisi bölgan avtobus Pxre şahridan Bangkokka ketayotgan bölgan. Telekanalning xabariga köra, noma'lum sabablarga köra, avtobus yölidan çiqib ketgan va 150 metrli pastga qulagan.
Favqulodda xizmat xodimlari voqea joyida jarohat olganlarga yordam körsatişgan. Ularning bir qismi şifoxonalarga olib ketilgan.











