Özbekistonlik militsionerlar Qirğizistonga çorvador va uning otlarini qaytarişdi. Bu haqda Qirğiziston içki işlar vazirligida özbekistonlik hamkasblariga iqtibos keltirilgan holda ma'lum qilindi.   

Ta'kidlanişiça, muzokaralar natijasida Qirğizistonning Aksiy tumanida yaşovçi Akilbek Böronboyevni ozod qilişga erişilgan. Böronboyev bir oy avval Özbekiston çegaraçilari tomonidan çegarani noqonuniy kesib ötgani uçun hibsga olingan. U 24 ta oti bilan birga vataniga qaytarilgan.
 
Ma'lum qilinişiça, Jalolobod viloyatining çegaraoldi hududlarida 10 oy içida 53 ot va 109 mayda şoxli çorva Özbekiston hududiga ötib ketgan. Ikki davlat mutasaddi idoralari vakillarining uçraşuvi va muzokaralari natijalariga köra, Qirğizistonga 49 ot va 109 ta mayda şoxli çorva qaytarib berilgan.