Ukraina adliya vazirligi lyustratsiya masalalari böyiça departament direktori lavozimiga 23 yoşli Anna Kalinçukni tayinladi. Bu haqida «Ukrainskiye novosti» agentligiga mamlakat adliya vaziri Pavel Petrenko xabar berdi.
"Departament jamoasi töplanib, Anyaning nomzodini taqdim etdi. Men ham bu taklifni qöllab-quvvatladim", - dedi Petrenko.
U departamentning sobiq rahbari Tatyana Kozaçenkoning iste'fosi rejalaştirilgan bölganini qöşimça qildi, zero ayol davlat xodimi lavozimda 2 yildan ortiq işlamoqçi emasdi.
Manbaga köra, Anna Kalinçuk Lvov viloyatida tavallud topgan, Milliy Ostrog akademiyasini tamomlagan, şu kunga qadar Kozaçenkoning yordamçisi sifatida faoliyat olib borgan.












