Koreya respublikasi prokuraturasi mamlakat prezidenti Pak Kin Xedan, uning korrupsiya mojarosiga aloqadorligi böyiça körsatma berişni talab qildi, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi. Prokuratura, prezident talabni qabul qilsa, 29 noyabrda uni söroq qilişni rejalaştirmoqda.
Aytiş joizki, uşbu mojaroning avvalida tergovçilar bilan hamkorlik qiliş, barça savollarga javob berişga va'da berib, uzr söragan Pak Kin Xe keyinçalik öz qarorini özgartirdi. 20 noyabr kuni korrupsiya mojarosining asosiy ayblanuvçisi, prezidentning qohin dugonasi Tsoy Sun Silga rasman ayblov e'lon qilindi.
Öşa kunning özidayoq, prokuraturaning ma'lum qilişiça, prezident jinoiy işning ayrim holatlari böyiça "til biriktirganlik"da gumon qilinmoqda. Ammo, prokurorlar prezident daxlsizligi sababli davlat rahbariga nisbatan jinoiy iş qözğata olmasa-da, körsatmalar olişga erişiş niyatida.
"Biz prezident advokatiga 29 noyabrda şaxsan Pakka bir neça savol bilan murojaat qilişni sörab maktub yölladik. Javobini kutayapmiz", — degan agentlikka öz nomini oşkor qilmagan prokurorlardan biri.












