2016 yilgi "Formula-1" poygasining çempionlik unvoni uçun Abu-Dabida ötadigan hal qiluvçi poygasi arafasida McLaren jamoasi poygaçisi Jyenson Batton özining yurtdoşi, poyga yetakçilaridan biri Lyuis Xemiltonga antiqa taklif bildirdi.

Taklifga köra, Abu-Dabidagi poyga faoliyatida oxirgisi böladigan 36 yoşli Batton poyga vaqtida poyga yetakçisi, nemis Niko Rosberg bolidiga borib urilişi mumkinligini aytgan. Batton bu "nomardiligi" uçun Xemiltondan "xizmat haqi" söragan.

"Lyuis juda badavlat, u xususiy samolyotda uçadi. Fikrimça, u öziga bunday sarf-xarajat qilişga ijozat bera oladi", deb aytgan poyga faxriylaridan biri va 2009 yilgi jahon çempioni Batton GQ’ga bergan intervyusida.

Batton bu xizmati qança turişini ma'lum qilmagan.

Eslatib ötamiz, poyganing oxirgi bosqiçi oldidan Rosberg yetakçilik qilmoqda va özining jamoadoşi, 2-örinda borayotgan Lyuis Xemiltondan 12 oçko oldinda bormoqda. Rosberg mavsum ğolibi bölişi uçun bölğusi poygada marraga uçinçi bölib kelişi kifoya qiladi. Poyganing aksariyat bosqiçlarida aynan şu ikki poygaçi birinçi va ikkinçi örinlarni galma-gal egallab kelişgan.