1-noyabr kuni Mexikoda ötkazilgan poygadan söng Antonellining umumiy hisobdagi ustunligi 119 oçkoga yetdi. Qolgan bosqiçlarda raqiblari bu farqni yöqqa çiqara olmaydigan böldi.
Meksika Gran-prisida Red Bull poygaçisi Maks Ferstappen ğalaba qozondi. Poygani birinçi pozitsiyadan boşlagan Ferrari vakili Lyuis Hemilton esa undan ozgina ortda qolib, ikkinçi örinni egalladi.
Antonelli çempionlikni qölga kiritgan kuni 20 yoş-u 68 kunlik edi. Şu tariqa u germaniyalik Sebastyan Fettelning rekordini yangiladi. Fettel 2010-yilda birinçi çempionligini 23 yoş-u 134 kunligida qölga kiritgan va şu paytgaça «Formula-1»ning eng yoş çempioni bölib kelayotgandi.
Bolonyalik poygaçi Italiya tarixida uşbu unvonga sazovor bölgan uçinçi sportçiga ham aylandi. Undan avval Juzeppe Farina 1950-yilda, Alberto Askari esa 1952 va 1953-yillarda çempion bölgan. Şu tariqa italiyalik poygaçi 73 yildan keyin yana «Formula-1» çempioni böldi.
Antonelli 2024-yilda Mercedes jamoasida sinov piloti sifatida faoliyat yuritgan. 2025-yilgi mavsumda u uç marta sovrindorlar safidan joy olgan, biroq heç bir bosqiçda ğalaba qozonmagan. Öşa mavsumni 150 oçko bilan yettinçi örinda yakunlagan.
Joriy mavsumda esa uning natijalari keskin yaxşilandi. Antonelli Meksika Gran-prisiga qadar töqqizta poygada ğalaba qozongan, uç martadan ikkinçi va uçinçi örinlarni egallagandi.












