Uçraşuvda delegatsiya tarkibida FIA Senati prezidenti Karmelo Sans de Barros hamda mobillik va turizm böyiça vitse-prezidenti Tim Şirman ham iştirok etdi.
Avtosportni tartibga soluvçi va yöl harakati xavfsizligini tarğib qiluvçi uşbu global taşkilot bilan özaro manfaatli hamkorlikni kengaytirişning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Mamlakatimizda avtomobil sportining kartingdan tortib, to «Formula» poygalarigaça bölgan barça yönalişlarini rivojlantirişda yaqindan hamkorlik qiliş muhimligi qayd etildi.

FIA universitetining imkoniyatlaridan foydalangan holda özbekistonlik poygaçilar, karting haydovçilari, muhandislar, konstruktor va mexaniklarni tayyorlaş, Özbekistonda zamonaviy avtosport infratuzilmasini yaratiş, piyoda va transport vositalari harakati xavfsizligini ta’minlaş dasturlarini amalga oşirişga kömaklaşiş hamda mazkur xalqaro taşkilot şafeligida xalqaro musobaqalar, avvalo, «Formula-1» bosqiçlarini ötkaziş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuv yakunida davlat rahbari FIA bilan hamkorlikni rivojlantiriş, şuningdek, Özbekistonda avtosportni xalqaro standartlarga muvofiq ommalaştirişga qöşgan katta şaxsiy hissasi uçun FIA rahbariga davlatimizning yuksak mukofoti – «Döstlik» ordenini topşirdi.

Ta’kidlaş joiz, Özbekiston 2019 yildan buyon federatsiyaning faol a’zosi hisoblanadi. Ötgan yili Samarqandda FIA 120 yilligiga bağişlangan navbatdan taşqari Boş assambleyasi bölib ötgan edi. Bu yilgi tadbir doirasida 12 dekabr kuni «Humo Arena» majmuasida yuqori martabali xorijiy mehmonlar va çempion poygaçilar iştirokida eng namunali sportçilar va jamoalarni taqdirlaş marosimi ötkaziladi.













