Norasmiy Maslahat uçraşuvi doirasida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Qozoğiston prezidenti, Qirğiziston prezidenti va Tojikiston prezidenti musobaqaning oçiliş marosimida qatnaşib, sportçilar hamda mehmonlarni qutladi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga sportçilarning saralaş poygasini kuzatdi.

Qirğiziston Gran-prisi Xalqaro suv-motor sporti ittifoqi (UIM) şafeligida taşkil etilayotgan va «suvdagi Formula-1» nomi bilan tanilgan F1H2O jahon çempionatining ikkinçi bosqiçi hisoblanadi. Unda har yili turli mamlakatlardan professional jamoalar va sportçilar iştirok etadi.

Bu yilgi musobaqa Markaziy Osiyo tarixida birinçi marta ötkazilayotgani bilan ahamiyatlidir.

Musobaqa dasturidan maşğulotlar, saralaş bosqiçi hamda soatiga 220 kilometrdan ortiq tezlikda harakatlanuvçi tezyurar qayiqlardagi asosiy poyga örin olgan.