Hillari Klinton tarafdorlari uçta “ikkilanib turgan” va öta muhim ştat – Pensilvaniya, Miçigan va Viskonsindagi natijalarga e'tiroz bildirişga çaqirmoqda, deb yozadi The New York Times.
Naşrning ta'kidlaşiça, sönggi kunlarda Demokratik partiyadan nomzodning tarafdorlari texnolog-olimlar va boşqa mutaxassislarning hisobotlarini jiddiy ravişda kuzatib borişmoqda. Ularning fikriça, Miçigan, Pensilvaniya va Viskonsin ştatlarida qoğoz byulletenlarni qölma-qöl hisoblab çiqiş lozim. Bu qonunbuzarliklar röy bermaganiga işonç hosil qiliş maqsadida taklif etildi. Ta'kidlanişiça, aynan şu ştatlardagi ğalaba Trampga Oq uy kalitlarini taqdim etgan.
“Avval ötkazilgan sörovnomadan farqli ravişda, yakuniy natijaga kiber aralaşiş sodir bölganmi? Balki, yöq”, - ma'lum qildi Aleks Xalderman, Miçigan ştati Universiteti kompyuter texnologiyalari professori. Uning ta'kidlaşiça, aftidan saylovoldi sörovnomalar “tizimli ravişda notöğri” bölgan, şu tufayli yakuniy natija saylovçilarni hayratga soldi.
Naşrning yozişiça, ovozlarni qayta hisoblaş borasidagi iltimoslarni Klinton ştati qöllab-quvvatlamadi. Ştab vakillari boşqa mutaxassislar bilan saylov natijalari bu jarayondan söng özgarişi dargumon, degan fikrda.
Avvalroq, AQŞ prezidentligiga “yaşillar” partiyasidan nomzod Jill Stayn Viskonsin ştatidagi ovozlarni qayta hisoblaş uçun $2,5 mln yiqqani ma'lum qilingandi.











