Foto: © Mandel Ngan/AFP/Getty Images

AQŞning yangi prezidenti Donald Tramp Janubiy Karolina gubernatori Nikki Xeyliga AQŞning BMTdagi doimiy vakili lavozimini taklif qilmoqçiligini ma'lum qilgan.

Xeyli nomzodini AQŞ senati tasdiqlaşi kerak.

Xeyli (tuğilgandagi ismi-şarifi Nimrata Randxava) hindistonlik muhojirlar oilasida tuğilgan. Tadbirkorlik bilan şuğullangan. Janubiy Karolina xayriya va jamoatçilik taşkilotlari işida faol iştirok etgan. U hozir 44 yoşda bölib, AQŞning eng yoş gubernatori hisoblanadi. U bu lavozimni 2011 yildan beri egallab keladi va ştatga gubernator bölgan birinçi ayol hisoblanadi.

Xeyli 2016 yilgi prezidentlik saylovlarida avval Florida senatori Marko Rubio, keyin esa Texas senatori Ted Kruz nomzodini qöllab-quvvatlagandi.