Fransiyaning Bouygues xoldingi bölinmasi Wattway 18 ğildirakli yuk maşinasining vaznini kötara oluvçi quyoşli batareyalar panelini işlab çiqdi, deb xabar bermoqda Bloomberg. Ular yöl qoplamasi sifatida örnatilmoqda. Beş yillik tadqiqot va laboratoriya sinovlaridan söng kompaniya 100 ta oçiq sinov poligonini qurib, texnologiyani 2018 yilda tijoratga kiritmoqçi. 

Wattway panellarning çidamliligi uçun bir neça turdagi plastmassadan foydalanmoqda. Elektr simlar tarmoği yölga joylaştiriladi, konstruksiyaning yuqori qismi esa maydalangan oynadan yaratilib, bu sirğanişning oldini oladi.
Bir kilometrlik sinov poligoni oktabr oyida Fransiyaning Turuvr şahrida qurila boşlandi. 2,8 ming kvadrat metr quyoş panellari 280 kilovatt-soatni yuzaga keltiradi.

Ayni damda yöl qoplamasining bir kvadrat metri 2-2,5 ming yevroga tuşmoqda. Wattway oddiy quyoşli panellarni işlab çiquvçilar bilan raqobatlaşiş maqsadida 2020 yilga qadar narxlarni arzonlaştirişga harakat qiladi.