“Trastbank” XAB Boşqaruv raisining virtual  qabulxonasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 oktabrdagi “Vazirlik va idoralar, xöjalik birlaşmalari rahbarlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar, şahar va tumanlari hokimlarining “Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni talablarini sözsiz bajariş yuzasidan javobgarligi töğrisida”gi 366-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlaş maqsadida taşkil etildi. Bu haqda Bank matbuot xizmati xabar bermoqda.

Skrinşot: trustbank.uz

Jismoniy va yuridik şaxslar bank faoliyati yuzasidan hal etilmagan muammo, ariza, şikoyat va takliflar bilan qulay va zamonaviy usulda “Trastbank” XAB Boşqaruv raisining virtual  qabulxonasiga elektron tarzda murojaat yuborişlari mumkin.

Ma'lumotlarga köra, bankning rasmiy www.trustbank.uz veb-saytida hamda [email protected] elektron manzilida özbek va rus tillarida Bank Boşqaruv raisining virtual qabulxonasi taşkil etilgan.
“Bundan taşqari, bankning (0 371) 244-25-73 raqamli “Işonç telefoni” orqali oğzaki murojaatlar qabul qilinadi. Şuningdek, mijozlarning bank faoliyatiga oid turli savollari böyiça 140-00-88 raqamli “Call markaz”i ham faoliyat yuritmoqda”, deyiladi xabarda.

Reklama huquqi asosida