22 apreldan Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning virtual qabulxonasi işlay boşladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Berik Vali ma'lum qildi. 

“Davlat rahbari har kuni turli manbalardan talaygina ma'lumotlar oladi. Prezident, şuningdek, yangi kommunikatsiya vositalari – internet-resurslar va ijtimoiy tarmoqlar bilan işlaydi. Bugungi kunda axborot oqimi jadal köpaymoqda. Prezident qölini dolzarb hodisalar pulsida uşlaşga majbur. Şu sababli davlat siyosatining ustuvor vazifasi aholi bilan samarali teskari aloqa, jamiyat bilan muloqotni yölga qöyiş hisoblanadi. Qosim-Jomart Toqayev tvitterda akkaunt (@TokayevKZ) yuritadi, yaqinda esa instagramda sahifa (tokayev_online) oçdi, bu yerda odamlar öz izohlari, takliflari, munosabatlarini qoldiradilar. Ularda tizimliroq işni talab qiluvçi qimmatli va muhim axborot saqlanadi. Şu sababli davlat rahbari odamlar rasmiy sörovlar bilan murojaat qila oladigan Prezident virtual qabulxonasini oçiş topşiriğini berdi. Har bir murojaat prezident va uning topşiriği bilan ma'muriyat xodimlari tomonidan körib çiqiladi. Virtual qabulxona, şubhasiz, davlat rahbariga eng ötkir ijtimoiy muammolarni ularni tezkorlik bilan hal qiliş maqsadida aniqlaşda yordam beradi”, deb yozgan Vali Facebook’da.      

Ayni vaqtda Özbekiston, Rossiya, Qirğiziston, Belarus, Ukraina va boşqa köplab davlatlarda prezident virtual qabulxonalari bor. Jumladan, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi 2016 yil sentyabrida işga tuşirilgan.