Joriy yilning 6 iyun kuni Jizzax viloyatida birinçi xususiy bank hisoblangan, zamonaviy hamda milliy arxitektura uyğunligi talablariga töliq javob beradigan yangi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Jizzax filialining oçiliş marosimi bölib ötdi.
Bu kabi yangilanişlarga, Prezidentimizning 2016 yil 18 noyabrdagi Jizzax viloyatiga amalga oşirgan saylovoldi taşriflarida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantiriş borasida bergan topşiriqlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 yanvardagi “Jizzax viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, aholi turmuş darajasini yanada yaxşilaşga doir qöşimça çora-tadbirlari dasturi töğrisida”gi 19-sonli qarori boş omil böldi.
Mazkur topşiriq va qaror asosida boşlangan quriliş va bunyodkorlik işlari öz nihoyasiga yetib, Jizzax viloyatida birinçi xususiy bank hisoblangan “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Jizzax filialining foydalanişga topşirilişida jizzaxliklarga xos qat'iy şijoat va mehnatkaşlik juda qöl kelganligini alohida ta'kidlab ötiş joiz.


Tantanali oçiliş marosimida Jizzax şahar hokimi Akbar Şukurov, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boşqaruvi Raisi Sardor Normuxamedov, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boşqaruvi a'zolari, Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining Jizzax viloyati Boş boşqarmasi mutasaddilari, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boşqaruvi a'zolari, tegişli departament direktorlari va mustaqil boşqarma boşliqlari, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, bino qurilişida bevosita iştirok etgan pudratçi taşkilot – “Inco-construction” mas'uliyati çeklangan jamiyati quruvçilari jamoasi, tadbirkorlik sub'yektlari va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.


Ta'kidlaş joizki, bank faoliyat kölamini, eng avvalo, yurtimiz aholisini barça turdagi bank xizmatlari bilan qöllab-quvvatlaşga qaratdi. Natijada, bank özining barça turdagi xizmatlari bilan respublikamiz hududlariga kirib bormoqda. Mana bugun Jizzaxning Şarof Raşidov köçasida qad rostlagan yangi bank binosi ham mijozlarga tezkor va qulay bölgan bank xizmatlarini körsatiş maqsadida zarur zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan.


- Yangilanayotgan Jizzaxning heç bir zamonaviy şaharlardan qolişmaydigan, obod va fayzli maskanga aylanib borayotganligi, jumladan bank filialining oçilişi biz kabi yoşlarga yangi iş örinlari yaratiş bilan birga, öz mutaxassisligim böyiça faoliyat yuritişimga imkoniyat beradi, - deydi bankning yetakçi mutaxassisi Uluğbek Xolmanov. – Yangi zamonaviy binoda faoliyatimizni boşlaşimiz uçun barça şaroitlar yaratilgan. Yoruğ va şinam xonalar kompyuter jamlanmalari va zarur mebel jihozlar bilan ta'minlangan.



- Quvonarlisi şundaki, viloyatda birinçi xususiy bank hisoblangan barça qulayliklarga ega zamonaviy binoda mutaxassisligim böyiça faoliyatimni boşlaşimdan, jizzax aholisi va tadbirkorlarga sifatli bank xizmatlari körsatilişida bevosita hissa qöşişimdan mamnunman, bugungi kunda biz kabi yoşlarga yaratilayotgan imkoniyat va şaroitlar uçun Davlatimiz rahbariga va bank rahbariyatiga minnatdorçiligimni bildiraman.

Gulduros qarsaklar ostida tantanali oçiliş marosimining ramziy tasmalari kesilib, bank filialining oçilganligi rasman e'lon qilindi hamda filiali boşqaruvçisiga binoning ramziy kaliti topşirildi.


Tadbir iştirokçilari zamonaviy hamda milliy arxitektura uyğunligi talablariga töliq javob beradigan, öz me'moriy dizayni bilan Jizzax şahri körkiga körk qöşib turgan filial binosi ostonasidan içkariga qadam qöyib, bank mijozlari va xodimlari uçun yaratilgan şart-şaroitlar, qulayliklar bilan yaqindan tanişdilar.

Tadbir söngida, bino qurilişida faollik körsatgan - “Inco-construction” mas'uliyati çeklangan korxona jamoasiga minnatdorçilik bildirilib, bank rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovğalar topşirildi.










