Şerzod Mamadjonov Olmazor tumani elektr ta'minoti korxonasida 2013 yilda nazoratçi sifatida iş boşladi. Unga işonç bildiriladi va u bir oy ötar-ötmas korxona rahbari lavozimiga tayinlanadi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.
“Baraka yutuq” MÇJdagi elektr hisoblagiçning ulaniş sxemasi notöğri bölganligi sababli, hisoblagiç 63 foiz iste'molçining foydasiga işlayotgani aniqlangan.
Şuningdek, 2013 yil 23 sentabrda elektr energiyasidan foydalaniş qoidalariga rioya qilinişi yuzasidan dalolatnoma rasmiylaştirilgan bölsa-da, Ş.Mamadjonov mansab vakolatini suiiste'mol qiladi. Ya'ni korxonaning yetakçi hisobçisi G.Adilova hamda boşqa şaxslar bilan özaro kelişib, rasmiy hujjatlarga soxta ma'lumotlar kiritadi va hujjatlarni qalbakilaştiriş yöli bilan dalolatnoma asosida 191 mln. 271 ming söm miqdoridagi mablağni iste'molçidan undiriş çorasini körmaydi. Şuningdek, uşbu summaning qayta hisob-kitob qilinişiga yöl qöyilib, iste'molçidan faqat 3 mln. 783 ming söm miqdoridagi mablağ undiriladi. 187 mln. 487 ming söm rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qilinib, davlat manfaatlariga juda köp miqdorda zarar yetkaziladi.
Oradan ikki oy muddat ötmasdan “Billur teks” MÇJdagi elektr hisoblagiç bilan ham şunga öxşaş holat yuz bergani aniqlanadi. Natijada iste'molçidan 26 mln. 933 ming söm undirilgani holda, jami 271 mln 666 ming söm miqdorida davlat manfaatlariga juda köp miqdorda zarar yetkaziladi.
Bundan taşqari, Ş.Mamadjonov boşçiligidagi korxona mutasaddilari hisobotlarga sun'iy ravişda iste'molçilari noma'lum bölgan elektr energiyasi, degan soxta ma'lumotlar kiritişadi. Buning oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 2 mlrd. 667 mln. 748 ming sömlik zarar yetadi.
Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi sudlanuvçilarning har biriga qilmişiga yaraşa jazo tayinladi. Şuningdek, ulardan yetkazilgan zararni solidar tartibda undiriş ham belgilandi.











