Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligining qöşma qarori 2026-yil 23-oktabrda Adliya vazirligida 2198-3-son bilan davlat röyxatidan ötkazilgan.
Nizomning yangilangan muqaddimasiga köra, hujjat asosiy faoliyat turi kommunal xizmatlar körsatiş bölmagan xöjalik yurituvçi subyektlar taqdim etadigan quyidagi xizmatlar böyiça tariflar va xarajatlar tarkibini aniqlaşni tartibga soladi:
- içimlik suvi taʼminoti;
- oqova suvlarni çiqarib yuboriş;
- issiq suv taʼminoti;
- isitiş, yaʼni issiqlik taʼminoti.
Nizomning 2-bandiga muvofiq, uşbu taşkilotlar körsatayotgan kommunal xizmatlari narxlarini raqobat töğrisidagi qonunçilik va nizom talablariga rioya etgan holda mustaqil belgilaydi.
Şu bilan birga, tariflarni davlat tomonidan tartibga soliş Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-son qarori hamda boşqa qonunçilik hujjatlariga muvofiq amalga oşirilişi belgilangan.
Qaror bilan nizomning 5-, 8- va 23-bandlari öz kuçini yöqotgan deb topildi. Şuningdek, ilovadagi issiqlik energiyasini işlab çiqariş va uzatişda resurslar sarfi hamda texnologik yöqotişlarni hisoblaşga oid havola yangilandi. Endi unda 2026-yil 4-iyunda 3846-son bilan röyxatdan ötkazilgan nizom körsatilgan.
Hujjatda kommunal xizmatlar uçun yangi narxlar yoki tariflarni oşiriş miqdori belgilanmagan. Özgartirişlar tariflarni şakllantiriş tartibiga taalluqli.
Qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan kuçga kirişi belgilangan. Hujjat 2026-yil 24-oktabrda Qonunçilik maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan.

















