Içki işlar vazirining “Mahkumlarni jazoni ijro etiş muassasasiga jönatiş hamda ularni bir muassasadan boşqasiga köçiriş tartibi töğrisidagi nizomga özgartirişlar va qöşimça kiritiş haqida”gi buyruği qabul qilindi.
Hujjat 2026-yil 26-avgustda 2608-3-son bilan davlat röyxatidan ötkazildi va 27-avgustdan kuçga kirdi.
Yangi tartibga köra, nizomda belgilangan ayrim holatlarda mahkumni boşqa muassasaga köçiriş uçun asos bölgan hujjatlar Içki işlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etiş departamenti tomonidan körib çiqiladi.
Hujjatlarni körib çiqiş natijasida departamentning tegişli xizmati xulosa tuzadi. Uşbu xulosa Jazoni ijro etiş departamenti boşliği, u bölmagan taqdirda esa uning birinçi örinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Şuningdek, mahkumni bir muassasadan boşqa şu turdagi muassasaga köçiriş Jazoni ijro etiş departamenti boşliği yoki uning birinçi örinbosari tasdiqlagan xulosa yoxud sud qarori asosida amalga oşiriladi.
Bunda köçiriş Jazoni ijro etiş departamenti Maxsus hisob boşqarmasi tayyorlagan taqsimotga muvofiq bajariladi.
Nizomga masofaviy video-uçraşuvlarga oid qöşimça ham kiritildi. Bu özgariş 2026-yil yanvarda Jinoyat-ijroiya kodeksiga jazoni ijro etiş muassasalarida jazo ötayotgan mahkumlar uçun masofaviy video-uçraşuvlar ötkaziş imkoniyatini yaratiş maqsadida kiritilgan qonunçilik özgarişlariga muvofiq amalga oşirildi.











