AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod bölgan Xillari Klinton 8 noyabrdagi saylovlardagi mağlubiyatini unga Barak Obama tomonidan bosim ötkazilgaçgina tan olgan. Bu haqda vaşingtonlik jurnalistlar Jonatan Allen va Emi Parnsning AQŞdagi joriy prezidentlik saylovlari haqidagi yangi kitobida aytilgan. Kitob hali sotuvga çiqmagan.

Kitobning qisqaça mazmuni haqidagi maqolani AQŞ kongressi faoliyatini yoritişga ixtisoslaşgan The Hill naşri çop etdi. Kitob mualliflaridan biri – Parns şu naşrning muxbiri bölib işlaydi.

Jurnalistlar Klinton atrofidagi uç nomi aytilmagan vakilga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilişiça, Klinton saylov ştabi ovoz beriş uning foydasiga hal bölişini oxirigaça kutgan. Demokratlar taraf hisoblangan Pensilvaniya ştatining ham Donald Trampga ovoz bergani haqidagi xabar uşbu masaladagi "hal qiluvçi nuqta" bölgan. 

Maqolada ta'kidlanişiça, Obama Klintonga telefon qilib, "mağlub bölganini tan olişi kerakligini" aytgan.

Bu orada Klinton maslahatçilari saylov uçastkalari yopilib, Tramp ğalaba qozonişi ozmi-köpmi ma'lum bölib qolgandan keyin buni qilişga şoşmaganlar. Klinton saylov ştabi boşliği Jon Podesta dastlab Klinton tarafdorlarini uxlaşga yotib, natijalarning yakuniy hisob-kitobini kutişga çaqirgan. Biroq Podestaning bu çiqişidan keyin Klinton mağlubiyatini tan olişni çözişga çek qöygan. Naşrning yozişiça, Obamaning qönğiroği barçasini özgartirgan. Klinton öz alamini yaşirmay yordamçilariga "Menga telefonni bering! Unga qönğiroq qilaman", deb aytgan.    

Söngra u Trampga telefon qilib, öz mağlubiyatini tan olgan va şu kuni heç qanday bayonot bermagan. Klinton saylovlarning ertasiga qizğin nutq sözlab, "Donald Tramp bizning prezident böladi. Unga bizning yetakçimiz bölişga imkoniyat beriş bizning burçimizdir", deb aytgan. Klinton öz mağlubiyati haqida quyidagilarni aytgan: "Bu iztiroblidir va yana uzoq vaqt şunday bölib qoladi. Biroq men Amerikaga işonaman va har doim işonib qolaman. Agar siz ham işonsangiz, unda bu natijani qabul qilib, kelajakka boqişingiz kerak".