AQŞda Margaret Hamilton 90 yoşda vafot etdi – u NASA’ning «Appolon» kosmik dasturidagi ilk ayol dasturçi bölgandi. U Oy dasturi uçun kodlarning ulkan jildlari bilan tuşgan surati orqali köpçilikka taniş.

Hamilton xonim Massaçusets texnologiya institutida (MIT) yuz kişilik dasturçilar jamoasini boşqargan. Ularning «Apollon» missiyasi uçun dasturiy taʼminoti astronavtlar Nil Armstrong va Bazz Oldringa 1969-yil Oyga xavfsiz qönişni amalga oşirişiga yordam bergan.
Hamilton 1969-yildan 1972-yilga qadar bölgan davrda Oyga qöniş böyiça oltita missiya ustida işlagan. Şu davr mobaynida uning dasturiy taʼminot işida birorta xatolik qayd etilmagan. Keyinçalik Hamilton dasturlaridan Amerikaning Skylab nomli ilk kosmik stansiyasini yaratişda va kosmik şattllarni işlab çiqişning dastlabki bosqiçlarida foydalanilgan.
Hamilton 1936-yil Indiana ştatida tuğilgan. U matematika böyiça bakalavr darajasini oladi, keyin turmuşga çiqib, Kembrijga köçib ötadi va qiz farzand köradi. U oilani boqişda turmuş örtoğiga yordam beriş uçun MIT’ga işga kiradi: Margaret ham, uning turmuş örtoği ham öqişni davom ettiriş uçun stipendiya olgandi, şuning uçun ularning biri öqiyotganida ikkinçisi işlaşi talab etiladi. Dastlab Margaret işga kiradi.
U avvaliga ob-havoni prognozlaş uçun dasturiy taʼminot işlab çiqiş bilan şuğullangan, «Apollon» loyihasi uçun mutaxassislar qidirilayotgani haqida esa gazetadan bilib qolgan. Özining sözlariga köra, u nafaqat birinçi ayol, balki jamoadagi ilk dasturçi ham edi. Biroz vaqt ötib u boşqariladigan kosmik kemalar uçun dasturiy taʼminot işlab çiqiş bölimi boşliği lavozimigaça kötariladi.
Hamilton laboratoriyaga köpinça qizi Lorenni ham olib kelardi. Uning hikoya qilişiça, kunlardan bir kuni Loren tugmani bosib, tasodifan parvoz simulyatsiyasini işga tuşirgan, keyin esa navigatsiya maʼlumotlarini öçirib yuborgan – dastur avariyaviy tarzda yakunlangan.
Hamilton bunday xato real hayotda ham röy berişi mumkin, degan qarorga keladi, ammo MIT va NASA rahbariyati dasturni özgartirişdan boş tortişadi – ularning fikriça, professional astronavtlar heç qanaqasiga yoş bolaning xatosini takrorlamagan bölardi. Yakunda esa 1968-yil «Apollon-8» parvozi vaqtida astronavtlardan biri xuddi Loren kabi tasodifan tugmani bosib yuboradi. Şundan keyin Hamiltonning takliflariga eʼtibor bilan munosabatda böla boşlaşadi.













