AQŞ prezidenti Donald Tramp sobiq prezident Barak Obama rafiqasi Mişel bilan ikki maymun qiyofasida köriniş bergan videoni e’lon qildi. Post Truth Social ijtimoiy tarmoğida joylaştirilgan.

Obama bilan boğliq lavha qisqa videoning oxirida paydo böladi, unda ovozlarni hisoblaş maşinalari 2020-yilgi prezidentlik saylovida (Jo Bayden ğalaba qozongan) fitnalarga hissa qöşgani aytiladi. Saylov videosi bir neça lahza yuqoriga siljiydi, söngra Barak va Mişel Obama bilan boğliq epizod paydo böladi, keyin saylov videosi davom etadi. Sobiq prezident va birinçi xonimning yuzi paydo bölgan paytda «Qirol şer» multfilmidagi qöşiq yangraydi.

Video şov-şuvga sabab bölgaç, Oq uy irqçilik ayblovlarini rad etdi. «Bu internet-memdan parça bölib, unda prezident Tramp örmonlar qiroli, demokratlar esa «Qirol şer» multfilmi qahramonlari qiyofasida tasvirlangan», dedi ma’muriyat matbuot kotibi Kerolayn Levitt. U da’volarni «soxta» deb atadi.

Ötgan haftada Tramp sobiq prezident Obamani Rossiya bilan hamkorlikda ayblab, hibsga olişga çaqirgandi. Uning sözlariga köra, AQŞ Milliy razvedkasi rahbari Tulsi Gabbard «yuzlab şov-şuvli hujjatlarni» e’lon qilgan, ular sobiq Amerika yetakçisi şaxsan Markaziy razvedka boşqarmasiga Trampga nisbatan yolğon ayblovlarni töqib çiqarişni buyurganini isbotlaydi. Oq uy rahbari buni Obama va «uning malaylari» tomonidan amalga oşirilgan «töntarişga uriniş» deb atadi.

Ötgan yilning yozida Tramp Truth Social tarmoğida FQB agentlari tomonidan Obamaning hibsga olinişi aks etgan sun’iy intellekt yaratgan videoni e’lon qilgan edi.